Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 15-avgust 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

“Kiberxavfsiz tadbirkorlik” aksiyasi tadbirkorlarning raqamli savodxonligini oshirmoqda

14.08.2026
28

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida partiyaning Buxoro shahar Kengashi va Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi hamkorligida “Kiberxavfsiz tadbirkorlik” aksiyasi tashkil etildi.


Unda tadbirkorlarga internet firibgarligidan himoyalanish, elektron to‘lovlar xavfsizligini ta’minlash, shaxsiy va korporativ ma’lumotlarni muhofaza qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.


Tadbir davomida kuchli parollardan foydalanish, shubhali havola va elektron xatlarni aniqlash, internet firibgarligining oldini olish kabi muhim masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi. Ta’kidlanganidek, aholi, mahallalar, korxona va tashkilotlar hamda ta’lim muassasalarida olib borilayotgan targ‘ibot ishlari natijasida joriy yilning o‘tgan davrida Buxoro shahrida kiberjinoyatchilik holatlari 2025 yilning shu davriga nisbatan 463 taga kamaygan.


Raqamli texnologiyalar tadbirkorlikning ajralmas qismiga aylanib borayotgan bugungi sharoitda kiberxavfsizlik qoidalariga amal qilish biznes sub’yektlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi. “Kiberxavfsiz tadbirkorlik” aksiyasi ham tadbirkorlarning raqamli savodxonligini oshirish, kibertahdidlardan himoyalanish ko‘nikmalarini kuchaytirish va xavfsiz raqamli tadbirkorlik muhitini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?