Dushanba 30-Dekabr 2024-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Korrupsiyaga qarshi kurashishdagi siyosat yangi bosqichga olib chiqiladi

02.10.2024
315

Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar natijadorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan, taraqqiyotga to‘siq bo‘layotgan eng xavfli illatlardan biri, shubhasiz, korrupsiyadir.

Bu illat, avvalo, xalqimizning davlat va islohotlarga ishonchini so‘ndirishi, jamiyatda norozilik kayfiyatini kuchaytirishi, xufyona iqtisodiyot rivojlanishi, davlat, jamiyat va fuqarolar xavfsizliga tahdid solishi, barqaror rivojlanish maqsadlariga to‘sqinlik qilishi, xalqaro miqyosdagi mavqeiga o‘ta salbiy ta’sir etishi bilan ham g‘oyat xatarlidir.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda mazmunan yangi korrupsiyaga qarshi samarali kurashni tashkil etish, jamiyatda korrupsiyaga toqatsizlikni shakllantirish, davlat xizmatchilarida halollik hissini oshirish, bu illatga barcha sohalarda batamom chek qo‘yish borasida keng ko‘lamli va tizimli islohotlar olib borilmoqda.

2024 yil parlament saylovida qatnashadigan siyosiy partiyalarning saylovoldi dasturida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash masalalari o‘z o‘rnini egallagan.

Xorijiy tajribaga qaraydigan bo‘lsak, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy strategiyalar AQSh, Fransiya, Italiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘izston, Tojikiston singari bir qator davlatlarda qabul qilingan va o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatgan.

Shu maqsadda, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining “Erkin va farovon, qudratli yangi O’zbekistonni birgalikda quramiz!” deb nomlangan Saylovoldi dasturida ham korrupsiyaga qarshi kurashishda siyosatni yangi bosqichga olib chiqish ko‘rsatilgan.

Partiyamiz korrupsiyaga qarshi kurashishni kuchaytirish maqsadida “Korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimi samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ishlarini jadal davom ettirish, korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha choralar ko‘rish hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030 yilgacha mo‘ljallangan Milliy strategiya qabul qilishni maqsad qilgan.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?