Matbuot kotiblari uchun o‘quv-seminar boshlandi
O'zLiDeP tomonidan hududiy partiya tashkilotlari matbuot kotiblari uchun mobilografiya bo‘yicha uch kunlik o‘quv-seminar tashkil etildi. Seminarning asosiy maqsadi – mobil texnologiyalardan unumli foydalanish va partiya faoliyatini targ‘ib qilish uchun vizual kontent yaratish ko‘nikmalarini oshirishdan iborat.
3 kun davom etadigan o‘quv-seminarga tajribali trenerlar taklif qilingan.
Ular smartfonlar orqali sifatli foto va video kontent tayyorlash, mobil montaj dasturlari va grafik tahrirlash ilovalaridan foydalanish hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali samarali targ‘ibot olib borish strategiyalari mavzulari bo‘yicha ma’ruzalar qilishadi.