Payshanba 21-Noyabr 2024-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP aholi punktlarini jamoat transporti bilan to‘liq qamrab olish tarafdori

25.10.2024
65

“Sho‘rtan” gaz kimyo majmuasida O‘zLiDeP saylovoldi targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. “Erkin va farovon, qudratli yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz!” shiori ostidagi tadbirda vohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar, mehnat faxriylari, jamiyat ishchi-xizmatchilari, partiya faollari va yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda O‘zLiDeP lideri Aktam Xaitov kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligi va farovonligi, to‘kis hayotini ta’minlash, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatni zamon talablariga moslashtirish, yoshlarni bilim olishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish borasida partiya saylovoldi dasturida ustuvor vazifalar belgilanganini qayd etdi.

Shuningdek, tadbirda ta’kidlanganidek, tuman markazlaridan har bir qishloqqacha 5,5 ming kilometr sement-beton yo‘llar qurish, aholi punktlarini jamoat transporti bilan to‘liq qamrab olish, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlari va aholini zarur energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha partiya o‘z zimmasiga olayotgan vazifalar mamlakatimiz taraqqiyoti va aholi turmush tarzini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Uchrashuv ishtirokchilari partiyaning barqaror, sodda va adolatli soliq siyosatini joriy etish, mamlakatimiz eksport salohiyatini yuksaltirish, barqaror va samarali moliyaviy xizmatlar bozorini shakllantirish bo‘yicha taklif tashabbuslari mamlakatimiz taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlashdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?