Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 29-oktyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP kubogida 91 yoshli otaxon ham ishtirok etdi

29.10.2026
58

O‘zLiDeP tashkil etilganining 23 yilligi munosabati bilan partiyaning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Xorazm viloyatidagi boshlang‘ich partiya tashkilotlari faollari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha O‘zLiDeP kubogi musobaqasi o‘tkazildi.

Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida bo‘lib o‘tgan viloyat bosqichida tuman va shaharlardagi saralash musobaqalari g‘oliblari ishtirok etib, o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. Bellashuvlar partiya faollari o‘rtasida do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlash, intellektual sport turlarini ommalashtirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratildi.

Musobaqa viloyatdagi 1 292 ta boshlang‘ich partiya tashkiloti va 185 mingdan ziyod a’zoni qamrab olgan partiyaviy-ommaviy ishlar doirasida muhim ahamiyat kasb etdi. Bellashuvlarning eng e’tiborli jihatlaridan biri 91 yoshli Haitboy Salayevning ishtirok etgani bo‘ldi. Bu shaxmatning yosh tanlamasligini, inson tafakkuri, xotirasi va intellektual salohiyatini rivojlantirishdagi ahamiyatini yana bir bor namoyon etdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, ayollar o‘rtasida Oysha Rajapova, erkaklar o‘rtasida esa Qahramon Matyusupov g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. Musobaqa g‘olib va sovrindorlariga O‘zLiDePning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?