Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 26-oktyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Qashqadaryodagi islohotlar xalq farovonligi va inson qadrini yuksaltirishga xizmat qiladi

26.10.2026
66

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasida Prezidentimizning Qashqadaryo viloyatiga tashrifi yakunlari hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalarning ahamiyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tashrif davomida ilgari surilgan tashabbuslarning mazmun-mohiyati muhokama qilinib, partiya va deputatlar oldidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Ta’kidlanganidek, kelgusi uch yilda Qashqadaryoda 20 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish va 50 mingta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Tashrif doirasida umumiy qiymati 6 milliard dollardan ziyod bo‘lgan 161 ta loyiha taqdim etildi, ularning 69 tasi ish boshlagan. Bu imkoniyatlardan samarali foydalanish, tadbirkorlikni rivojlantirish va mahalliy xomashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqarish hudud iqtisodiyotini yuksaltirishda muhim o‘rin tutadi.

Yig‘ilishda yoshlar bandligini ta’minlash, ularni zamonaviy kasblarga o‘qitish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, shuningdek, ichimlik suvi, yo‘l va elektr ta’minotini yaxshilash masalalariga ham e’tibor qaratildi. Yangi Qarshi shahrini barpo etish va turizm salohiyatini kengaytirish kabi loyihalar ham hududning iqtisodiy imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiladi.

Ushbu vazifalar ijrosida O‘zLiDeP deputatlari faol ishtirok etishi, joylarda tadbirkorlar va aholi bilan muloqotlar o‘tkazib, mavjud muammolarni o‘rganishi hamda ularning yechimi bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqishi zarurligi ta’kidlandi.

Zero, barcha islohotlarning bosh maqsadi — inson qadrini ulug‘lash, aholi daromadlarini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va odamlar uchun munosib turmush sharoitlarini ta’minlashdir.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?