Shanba 23-Noyabr 2024-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Qoraqalpog‘istonlik yoshlar O’zLiDeP tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashlarini bildirishdi

19.10.2024
71

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida “Erkin va farovon, qudratli yangiO’zbekistonni birgalikda quramiz!” shiori ostida saylovoldi targ‘ibo tadbiri tashkil qilindi.

Unda O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov,  parlamentga  va mahalliy Kengashi deputatligiga nomzodlar, elektoratimiz bo‘lgan tadbirkor va fermerlar, partiya faollari, talaba yoshlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda partiya yetakchisi  partiyaning saylovoldi dasturida  5 ta maqsad va 500 ta vazifani o‘zida aks etganligi, dasturda barcha sohalar bo‘yicha aniq maqsad va vazifalar ilgari surilganligini qayd etdi. Ayniqsa saylovoldi dasturida yoshlar yo‘nalishi bo‘yicha professional ta’lim tizimini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish,  2030 yilgacha bitiruvchilarni oliy ta’lim bilan qamrab olish ko‘lami 50 foizga yetkazilishi uchun barcha choralarni safarbar qilamiz. Jahondagi “Top-500”dagi xorijiy oliygohlar bilan hamkorlikda kamida 50 ta qo‘shma o‘quv dasturi va “ikki diplomli tizim”ni joriy etish oliy ta’lim tizimi takomillashuviga xizmat qiladi. 

Yoshlarimizni “Top-100” global ro‘yxatga kirgan universitetlarda ta’lim olishi uchun valyutada uzoq muddatli va imtiyozli kreditlar berish amaliyotini joriy etamiz. borasidagi vazifalar ijrosini nazoratga olinishini ta’minlaymiz. Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish va ilmiy salohiyatni 70 foizga yetkazishga erishamiz. Kelgusi yillarda oliygohlar uchun qo‘shimcha 120 ming o‘rinli o‘quv binolari va 150 ming o‘rinli talabalar turar joylarini qurish borasidagi vazifalar uchrashuv ishtirokchilari tomonidan to‘la qo‘llab-quvvatlandi.

Uchrashuv davomida talaba yoshlar ham O’zLiDeP  tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashlarini bildirishdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?