Shanba 21-Dekabr 2024-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Qo‘shimcha o‘quvchi o‘rinlari — ta’lim sifatining kafolati

23.09.2024
224

Bugungi kunda ta’lim tizimida sifat darajasini oshirish va har bir o‘quvchiga barobar imkoniyatlar yaratish masalasi dolzarb bo‘lib qolmoqda. Jamiyatda demografik o‘sish va shaharlar aholisining ko‘payishi natijasida maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi sezilmoqda. Bu xolat ta’lim jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda va bugungi ta’lim tizimiga bo‘lgan talablarni kuchaytirish ehtiyoji bilan bog‘liq bo‘lib, muammo sifatida ko‘zga tashlanmoqda.

Mazkur masala yechimi yuzasidan O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining “2030 yilgacha qo‘shimcha 2,5 million o‘quvchi o‘rnini yaratgan holda ta’lim sifatini tubdan yaxshilash” taklifi O’zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishida juda muhim rol o‘ynaydi. Bu taklif bir necha muhim omillar bilan bog‘liq:

birinchidan, O’zbekistonda aholining doimiy o‘sishi kuzatilmoqda. Bu esa maktab yoshidagi bolalar sonini ham oshirmoqda. Shu bois, qo‘shimcha o‘quvchi o‘rinlarini yaratish ta’lim infratuzilmasidagi talab va taklif muvozanatini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega;

ikkinchidan, bolalar soni oshgani sari ta’lim sifatini saqlab qolish va uni yanada yaxshilash zaruriyati paydo bo‘lmoqda;

uchinchidan, sifatli ta’lim orqali mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga erishish mumkin. Shuning uchun yosh avlodning bilimli, malakali bo‘lishi kelgusi yillarda O’zbekistonning raqobatbardoshligini oshiradi;

to‘rtinchidan, qo‘shimcha o‘quvchi o‘rinlarini yaratish va ta’lim sifatini yaxshilash kam ta’minlangan oilalar va chekka hududlardagi bolalar uchun ham sifatli ta’limga kengroq imkoniyat yaratadi; beshinchidan, yangi maktablar qurish va mavjud maktablarni kengaytirish orqali mamlakatning barcha hududlarida ta’lim infratuzilmasi yaxshilanadi.

Bu esa hududiy tenglikni ta’minlashga yordam beradi. Partiyamiz ilgari surayotgan ushbu taklif mamlakatdagi ta’lim tizimining raqamli transformatsiyasiga ham yordam beradi. Chunki yangi maktablar zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanishi va pedagogik jarayonda innovatsiyalar joriy qilinishi kerak bo‘ladi. Shu sababli, partiyamizning ushbu taklifi ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan strategik muhim tashabbus hisoblanadi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?