Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan davlat budjeti mablag‘lari hisobidan saylovoldi tashviqoti xarajatlari bo‘yicha amalga oshirilgan xarajatlar yuzasidan Yakuniy hisoboti
O‘zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019 yil 25 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishni moliyalashtirish hamda mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi 969-son qaroriga asosan O‘zLiDeP tomonidan davlat budjeti mablag‘lari hisobidan saylovoldi tashviqoti xarajatlari bo‘yicha amalga oshirilgan xarajatlar yuzasidan 2024 yil 15 noyabr holatiga yakuniy hisoboti tayyorlandi.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovida ishtirok etish uchun Markaziy saylov komissiyasidan O‘zLiDePning hisob raqamiga jami 12 141 150 000 so‘m mablag‘ kelib tushgan.Ajratilgan davlat mablag‘lari ommaviy axborot vositalari, nomzodlar va uning ishonchli vakillari ishini tashkil etish, umumpartiyaviy va boshqa saylovoldi tashviqoti tadbirlarini tashkillashtirish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, partiyaning saylovoldi shtabi tomonidan 12 141 150 000 so‘m mablag‘ ajratilgan, jumladan:1. Ommaviy axborot vositalari orqali saylovoldi tashviqoti uchun 2 130 845 300 so‘m (televideniye – 1 mlrd. 138 mln. 656 ming 600 so‘m, internet va ijtimoiy tarmoqlar – 987 mln. 448 ming 700 so‘m, bosma nashrlar – 4 mln 740 ming so‘m);2. Tarqatma materiallar orqali saylovoldi tashviqoti uchun 8 201 987 900 so‘m (tashqi reklama – 1 mlrd. 956 mln. 837 ming 700 so‘m, bosma va boshqa ko‘rgazmali tashviqot materiallari – 6 mlrd. 236 mln. 114 ming 100 so‘m);3. Saylovoldi tashviqotining boshqa shakllari va usullari uchun 1 808 316 900 so‘m (Kongress o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar – 419 mln. 860 ming 800 so‘m, nomzodlarni suratga tushish xarajatlari – 86 mln. 643 ming so‘m, ovoz kuchaytiruvchi apparat – 26 mln. so‘m, saylovoldi tashviqot va targ‘ibot tadbirlar uchun – 1 mlrd. 226 mln. 773 ming 800 so‘m va bank xizmati – 49 mln.39 ming 200 so‘mni tashkil etdi.2024 yil 15 noyabr holatiga partiyaning hisob raqamida mablag‘ qoldig‘i mavjud emas.