Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan davlat budjeti mablag‘lari hisobidan saylovoldi tashviqoti xarajatlari bo‘yicha amalga oshirilgan xarajatlar yuzasidan ORALIQ HISOBOTI
O‘zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019 yil 25 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishni moliyalashtirish hamda mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi 969-son qaroriga asosan O‘zLiDeP tomonidan davlat budjeti mablag‘lari hisobidan saylovoldi tashviqoti xarajatlari bo‘yicha amalga oshirilgan xarajatlar yuzasidan 2024 yil 21 oktyabr holatiga oraliq hisoboti tayyorlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovida ishtirok etish uchun Markaziy saylov komissiyasidan O‘zLiDePning hisob raqamiga jami 12 141 150 000 so‘m mablag‘ kelib tushgan.
Ajratilgan davlat mablag‘lari ommaviy axborot vositalari, nomzodlar va uning ishonchli vakillari ishini tashkil etish, umumpartiyaviy va boshqa saylovoldi tashviqoti tadbirlarini tashkillashtirish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, partiyaning saylovoldi shtabi tomonidan 12 141 150 000 so‘m mablag‘ ajratilgan, jumladan:
- Ommaviy axborot vositalari orqali saylovoldi tashviqoti uchun 3 640 000 000 so‘m (televideniyе – 1 mlrd. 400 mln so‘m, internet va ijtimoiy tarmoqlar – 2 mlrd. 225 mln so‘m, bosma nashrlar – 15 mln so‘m), shundan kassa xarajati 799 095 500 so‘m;
- Tarqatma materiallar orqali saylovoldi tashviqoti uchun 7 268 386 500 so‘m (tashqi reklama – 2 mlrd. 284 mln. 056 ming so‘m, bosma va boshqa ko‘rgazmali tashviqot materiallari – 4 mlrd. 984 mln. 330 ming 500 so‘m), shundan kassa harajati 8 012 920 000 so‘m;
- Saylovoldi tashviqotining boshqa shakllari va usullari uchun 1 232 763 500 so‘m (1 Kongress bilan bog‘liq xarajatlar – 419 mln. 861 ming so‘m, nomzodlarni suratga tushish xarajatlari – 86 mln. 643 ming so‘m, ovoz kuchaytiruvchi apparat – 26 mln. so‘m, saylovoldi tashviqot va targ‘ibot ishlarida event tadbirlar uchun – 746 mln. 902 ming 500 so‘m va bank xizmati – 40 mln. so‘m, shundan kassa harajati 1 710 568 200 so‘mni tashkil etdi.
2024 yil 21 oktyabr holatiga partiyaning hisob raqamidagi mablag‘lar qoldig‘i 1 618 566 300 so‘mni tashkil etadi.