Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 28-Avgust 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Tadbirkorlarga 1-noyabrga qadar “amnistiya” e’lon qilindi

20.08.2025
205

Davlatimiz rahbari tadbirkorlar bilan muloqotda tadbirkorlarga “amnistiya” e’lon qildi. Ya’ni 1-noyabrga qadar barcha xato va kamchiliklarni ixtiyoriy ravishda to‘g‘rilash imkoni beriladi. Bu choralar natijasida minglab tadbirkorlar o‘z biznes reytingini “toza sahifadan” boshlab, yangi bosqichga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Shuningdek, muloqotda Prezidentimiz soliq siyosati va ma’murchiligini soddalashtirishga masalasiga ham alohida e’tibor qaratdi. Xususan, foyda solig‘i bo‘yicha avans to‘lovi endi yillik aylanmasi 20 milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan korxonalargagina tatbiq etilishi belgilandi. Bu esa 14 mingga yaqin tadbirkorning ixtiyorida qo‘shimcha 1 trillion so‘m aylanma mablag‘ qolishiga zamin yaratadi.
O‘zLiDeP saylovoldi dasturida ham tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, soliq ma’murchiligini soddalashtirish va biznes uchun qulay sharoit yaratish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan. Shu boisdan davlatimiz rahbarining mazkur tashabbuslari partiyamiz dasturidagi maqsad va g‘oyalarini amalga oshishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?