Teledebat siyosiy partiyalar dasturidagi o‘xshashlik va farqli jihatlarni aniq ko‘rsatmoqda
Bu yilgi parlament saylovida siyosiy partiyalar o‘rtasidagi g‘oyaviy kurashlar ancha qizg‘in va jonli, jiddiy raqobat sharoitida o‘tmoqda. Har hafta jonli tarzda o‘tayotgan teledebatlar fikrimiz tasdig‘i bo‘la oladi. Joriy yilning 18 oktyabrda bo‘lib o‘tgan navbatdagi debat ham bahs-munozara va savol-javoblarga boy bo‘ldi.
O’zLiDeP bunday debatlar ko‘pproq o‘tkazilishi tarafdori. Zero, teledebatlar Yangi O’zbekistonda shaffoflik va demokratiya tamoyillarining asosiy o‘ringa chiqayotganidan dalolatdir. Shuningdek, ushbu partiyalararo teledebat O’zbekistonning butun dunyoga ochiqligini yana bir bor namoyish qilmoqda. Qolaversa, debat bir tomondan, har bir partiyaning jamiyatdagi o‘rni va uning elektorati oldidagi mas’uliyatini, ikkinchi tomondan, ularning dasturlaridagi o‘xshashlik va farqli jihatlarni aniq ko‘rsatmoqda.