Shanba 19-Aprel 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

XUDOYAROVA GULSHANA BERDINAZAROVNA

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi va Ijroiya qo‘mitasi a’zosi, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining Yoshlar va ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari v.b, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi.

1972-yil Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tug‘ilgan.

Ma’lumoti oliy. 1994-yil Qarshi davlat universitetini tugatgan.

Mehnat faoliyatini 1994-yili Qarshi shahar gaz qurilish savdo jamoasida iqtisodchi vazifasidan boshlagan.

2000-2001-yillarda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti markazi boshlig‘i, 2001-2005-yillarda «Nuriston» akademik liseyining ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, 2005-2009-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali ma’naviyat va ma’rifat markazi boshlig‘i, 2009-2010-yillarda M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filialida direktorning ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, 2010-2011-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali ma’naviyat va ma’rifat markazi boshlig‘i, 2011-2013-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali «Gumanitar va ijtimoiy fanlar» kafedrasi mudiri, 2013-2015-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimlarda ishlagan.

2015-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari hamda Innovasion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasining a’zosi, 2020-2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining a’zosi sifatida faoliyat yuritgan.

2024-yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi lavozimida ishlab kelmoqda.

Oilali. 2 nafar farzandi bor.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?