O‘zLiDeP delegatsiyasi Shanxaydagi universitet o‘qituvchi va talabalari bilan uchrashdi
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi delegatsiyasi Shanxay xorijiy tillar universitetining O‘zbekiston va o‘zbek tilini o‘rganish yo‘nalishidagi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari bilan uchrashdi.
Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan muloqotda ishtirokchilar bilan dildan suhbatlashildi. Universitetdagi ta’lim jarayoni, O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqish, hamkorlik imkoniyatlari haqida fikr almashilib, ishtirokchilarning taklif va mulohazalari tinglandi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi madaniy-ma’rifiy aloqalarni yanada mustahkamlash, ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.