Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 26-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Xalqchil tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanmoqda va amaliy takliflar ham ilgari surilmoqda

26.11.2026
93

O'zLiDePning navbatdagi Kongressiga tayyorgarlik doirasida hududiy partiya kengashlarining konferensiyalari bo‘lib o‘tdi.

Ularda partiyamizning "Xalq bilan birga" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan xalqchil tashabbuslar ijrosi ham muhokama etilib, kelgusi ustuvor vazifalar va elektorat manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tashabbuslar va takliflar bildirildi.

Ayniqsa ishbilarmonlikni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik muhitini yaxshilash, xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash, investitsiyalarni jalb qilish, kambag‘allikni qisqartirish, mahallalarda iqtisodiy faollikni oshirish, aholi bandligi va daromadlarini ko‘paytirish kabi masalalarga muhim e’tibor qaratildi.

Partiya dasturiga muvofiq yoshlar va xotin-qizlarning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar ijobiy baholanib, global o‘zgarishlar, sun’iy intellekt va zamonaviy axborot va moliyaviy texnologiyalar davrida strategik vazifalar yuzasidan ham takliflar bildirildi.

Shuningdek, joylardagi muhokamalarda yangi siyosiy Dasturga takliflar partiya faollari, deputatlar, tadbirkorlar, fermerlar va jamoatchilik takliflari asosida shakllanishi muhimligi qayd etildi.

Yangilanayetgan dastur Yangi O‘zbekistonning rivojlanish strategiyasiga, inson qadri uchun islohotlarning ruhiga mos bo‘lishi, partiyaning uzoq muddatli maqsadlarini amalga oshirishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

Albatta, bunday amaliy tashabbuslar xalq farovonligini oshirishga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?