Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 23-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yangiliklar

Biznes, innovatsiya va investitsiya: xalqaro tajriba va yangi yondashuvlar

20.11.2026 389
Biznes, innovatsiya va investitsiya: xalqaro tajriba va yangi yondashuvlar

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti hamda qator mahalliy va xorijiy tashkilotlar hamkorligida «Biznesni rivojlantirishning zamonaviy paradigmalari: innovatsion transformatsiya va barqaror raqobatbardoshlik» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘iston oliy ta’lim muassasalari olimlari, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, bank-moliya sohasi vakillari hamda tadbirkorlar ishtirok etdi. Anjumanda Prezidentimizning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalar, jumladan, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlar uchun qulay sharoit yaratish masalalari muhokama qilindi.

Muloqotlar davomida startap loyihalarni moliyalashtirish, yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, xususiy investitsiyalarni kengaytirish va biznesning eksport salohiyatini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, biznes jarayonlarini raqamlashtirish, sun’iy intellekt va zamonaviy moliyaviy texnologiyalardan foydalanish, hududlarda innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi.

Anjuman yakunida bildirilgan taklif va tavsiyalar tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, biznes va ilm-fan hamkorligini mustahkamlash hamda mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?