Agrar sohadagi tavakkalçiliklarni suğurtalaş tizimi joriy etiladi
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi ÖzLiDeP fraksiyasining navbatdagi yiğilişida Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Pokiston Islom Respublikasi Boş vaziri Şahboz Şarifning mamlakatimizga taşrifining mazmun-mohiyati va ahamiyati muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, qadimiy buyuk Ipak yölida joylaşgan Özbekiston va Pokiston xalqlarini azaldan umumiy tarix, öxşaş til va boy ma’naviy meros boğlab turadi. Keyingi yillarda esa ikki davlat örtasidagi munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarildi.
Sönggi yillarda ikki davlat örtasidagi savdo aylanmasi barqaror ösmoqda. Masalan, 2024-yilda tovar ayirboşlaş hajmi 400 million dollardan oşgan bölsa, qöşma korxonalar soni 130 taga yetdi. Hozirgi kunda tomonlar özaro savdo hajmini yanada oşiriş, sanoat kooperatsiyasini jadallaştirişga qaratilgan qöşma çoralar ustida faol işlamoqda.
Fraksiya a’zolari Özbekiston va Pokiston munosabatlari haqida töxtalib, keyingi yillarda ikki davlat tadbirkorlari iştirokida biznes-forumlar taşkil etiş orqali yangi investitsion loyihalar va şartnomalar imzolanişiga zamin yaratilayotgani, bu esa işbilarmon doiralar örtasida savdo, investitsiya va boşqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirişga yordam berayotganini ta’kidladilar.
Mazkur taşrif va uning doirasida imzolangan hujjatlar özaro işonç va anglaşuv poydevoriga asoslangan ikki tomonlama hamkorlikda yangi sahifa oçişga zamin yaratişi qayd etilib, bu borada partiya va uning fraksiyasi oldida turgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Yiğilişda körib çiqilgan navbatdagi masala — “Qişloq xöjaligi tavakkalçiliklarini suğurta qiliş töğrisida”gi qonun loyihasi böldi.
Uşbu qonun loyihasining asosiy maqsadi qişloq xöjaligi tavakkalçiliklarini suğurta qiliş sohasidagi munosabatlarni tartibga solişdan iborat. U bilan qişloq xöjaligi suğurtasining davlat tomonidan qöllab-quvvatlaşning huquqiy asoslarini belgilaş, qişloq xöjaligi sohasida tavakkalçiliklarini suğurtalaş jarayonida iştirok etuvçi subyektlarning huquq va majburiyatlari nazarda tutilmoqda.
Şuningdek, loyihada qişloq xöjaligi suğurtasi jamğarmasini taşkil etiş, jamğarmaning daromadlari va xarajatlari, suğurtalanişi lozim bölgan tavakkalçiliklar, suğurta mukofotlari böyiça subsidiyalar berişning huquqiy asoslari ham belgilanyapti.
Munozaralar davomida fraksiya a’zosi Abdumannop Böriyev qonun loyihasini ikkinçi öqişga tayyorlaş davomida mas’ul qömita tomonidan amalga oşirilgan işlar haqida töxtalib ötdi. Uning aytişiça, ötgan davrda fraksiya a’zolari bergan barça takliflar çuqur tahlil qilinib, ularning aksariyat qismi hujjat matnida aks ettirilgan va u har tomonlama pişiq-puxta holatga keltirilgan.
Deputatlar uşbu hujjat bilan qişloq xöjaligi ekinlariga xavf-xatarlar tufayli zarar yetgan hollarda zararning örnini qoplaşning huquqiy asosi yaratilişini e’tiborga olib, uni qöllab-quvvatladilar.
Yiğilişda muhokama qilingan barça masalalar yuzasidan tegişli qarorlar qabul qilindi.