Angorlik tajribali tomorqaçilarning faoliyati bilan tanişildi
Bugun kaftdek yeridan foyda olib, rözğorini obod qilayotganlar köp. Ularning tajribasini boşqalarga ham örnak qilib körsatsa arziydi. Çunki mehnat ortidan kelgan daromad barakali bölib, farovonligimizni ta’minlaşga xizmat qiladi.
Özbekiston fermer, deqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi raisi, ÖzLiDeP rahbari Aktam Xaitov Angor tumaniga taşrifi çoğida tuman hokimi M.Qosimov hamrohligida “Bahor” mahallasida yaşovçi usta dehqon Davron Çoriyev xonadonida böldi.
Xondonda jami 17 sotix tomorqa yer maydoni mavjud bölib, şundan 7 sotix qismida issiqxona taşkil qilingan va uşbu issiqxonada serdaromad innovasion usulda kabaçki ekin turi ekilgan.
Usta dehqon Davron Çoriyev bu ekin juda serdaromad ekin ekanligi, har gektaridan 3-35 tonna hosil olib, har bir kilogramini 10 ming sömdan sotib, şu yil mavsumda 30-35 mln. söm sof foyda kutayotganligi töğrisida gapirib ötdi. Xonadon egasi tomorqaning qolgan 10 sotix qismida ekilgan gulkaram ekinining har gektaridan 30-35 tonnagaça hosil olişni rejalaştirgan.
Partiya yetakçisi “Bahor” mahallasida yaşovçi usta dehqon Akmal Mamatmöminov xonadonida ham böldi. Xonadonda jami 30 sotix tomorqa yer maydoni mavjud. Uning 8 sotix qismida taşkil qilingan issiqxonada har xil turdagi sabzavot ekinlari va köçatlar ekib yetiştirib kelinmoqda.
Tomorqaning qolgan qismida töqsonbosti usulida piyoz, oş lavlagi va har xil turdagi ekinlar ekilgan. Xonadon egasi şu yilning özida tomorqasidan 60-70 mln. söm sof foyda olganligi va yana ekilgan ekinlardan 20-30 mln söm daromad kutayotganligi töğrisida seminar qanaşçilariga aytib ötdi.
Bundan taşqari xonadonda öquv tajriba maydonçasi ham taşkil qilingan bölib, uşbu maydonçada minitraktor, motokultivator, muzlatgiç va boşqa turdagi qişloq xöjaligi ekinlarini yetiştiriş uçun zarur bölgan har xil turdagi uskunalar va seminar qatnaşçilarini öqitiş xonasi ham mavjud.
Partiya rahbari tomorqa yer egasiga tomorqa madaniyatini rivojlantirişda qöşayotgan hissalari uçun minnatdorçilik bildirib, boşqa mahallalarda ham uşbu tajribani keng yoyiş kerakligi töğrisida aytib ötdi.