“Deputat bilan ochiq suhbat” loyihasi o‘tkaziladi
Deputat bilan ochiq suhbat onlayn shaklda 5-may kuni soat 16:00da O’zLiDePning YouTube’dagi rasmiy kanalida bo‘lib o‘tadi.
O‘zingizni qiziqtirayotgan masalalar yuzasidan O’zLiDeP deputatlariga murojaat yo‘llashingiz mumkin.
Ochiq suhbatning ilk sonida O‘zLiDePning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasining quyidagi deputatlari ishtirok etadi:
- Axmedov Durbek Kudratillayevich;
- Berdiyeva Barno Saitnazarovna;
- Artiqov Dilmurod Raxmatillayevich.