Asosiy kontentga o‘tish
Yakshanba 22-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

E'lonlar

Kreditorlarning garovga qöyilgan mol-mulkiga nisbatan huquqlari ustuvorligi ta’minlanadi

09.02.2025 340
Kreditorlarning garovga qöyilgan mol-mulkiga nisbatan huquqlari ustuvorligi ta’minlanadi

Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi ÖzLiDeP fraksiyasi yiğilişida Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning şu yil 4-5-fevral kunlari Malayziyaga rasmiy taşrifining ahamiyati muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, sönggi yillarda Prezident Şavkat Mirziyoyev hamda Malayziya Boş vaziri Anvar Ibrohim örtasidagi faol va işonçli siyosiy muloqot tufayli ikki davlat hamkorligi yangi mazmun bilan boyib, yanada yuqori darajaga kötarildi. Siyosiy muloqot faollaşib, tomonlar xalqaro taşkilotlar doirasida bir-birini faol qöllab-quvvatlamoqda.

Xususan, özaro manfaatli savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalar tobora mustahkamlanyapti. Buni oxirgi yillarda Özbekiston va Malayziya örtasida ikki tomonlama tovar ayirboşlaş hajmi 2,5 barobar oşgani, Özbekiston hududida Malayziya kapitali iştirokidagi qöşma korxonalar soni 37 taga yetgani misolida ham köriş mumkin.

Fraksiya a’zolari uşbu taşrif va uning doirasida imzolangan hujjatlar mamlakatlarimiz örtasidagi iliq va döstona munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqiçga kötariş, özaro işonç va anglaşuv poydevoriga asoslangan ikki tomonlama hamkorlikda yangi sahifa oçişga xizmat qilişini ta’kidladilar.

Şundan söng, deputatlar Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston — 2030” strategiyasini “Yoşlar va biznesni qöllab-quvvatlaş yili”da amalga oşirişga oid Davlat dasturining 2024-yil yakunlari ijrosi yuzasidan hisobotini muhokama qildilar.

Deputatlar partiya maqsad va vazifalaridan kelib çiqqan holda, Davlat dasturining iqtisodiyotni rivojlantiriş borasida amalga oşirilgan işlarga alohida e’tibor qaratdi.

Dasturdagi ustuvor yönalişlar va maqsadlarning öz vaqtida va sifatli bajarilişini ta’minlaş maqsadida barça zarur çoralar körilgani, 2024-yil yakunida yalpi içki mahsulotning ösişi ötgan yilga nisbatan 6,5 foizni taşkil qilgani alohida qayd etildi.

Barqaror iqtisodiy ösiş orqali aholi farovonligini ta’minlaş yönalişidagi ustuvor maqsadlar doirasida amalga oşirilgan işlar natijasida yalpi içki mahsulot 106,5 foizga, sanoat 106,8 foizga, quriliş 108,8 foizga, xizmatlar 107,7 foizga, qişloq xöjaligi 3 foizga ösgani ta’kidlandi.

Hisobot yilida şuningdek, qişloq xöjaligida hosildorlik va rentabellik darajasini keskin oşiriş maqsadida hududlarda umumiy qiymati 329,8 mlrd sömlik quvvati 96,5 ming tonna bölgan 12 ta agrologistika markazlari işga tuşirilgan va 500 nafardan ortiq yangi iş örinlari yaratilgan. Qolaversa, hududlarda 50 ming gektarda intensiv sabzavot yetiştirilgan.

Munozaralar davomida deputatlar Dasturda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlaş borasida amalga oşirilgan işlarni ijobiy baholadilar. Şu bilan birga, ayrim masalalar yuzasidan bir qator takliflar berişdi. Savol-javoblardan söng, Vazirlar Mahkamasining Davlat dasturini 2024-yildagi ijrosi yuzasidan hisoboti ma’qullandi.

Yiğilişda fraksiya a’zolari kun tartibidan örin olgan — kreditorlarning garov bilan ta’minlangan talablarini qanoatlantiriş tizimini yanada takomillaştirişga qaratilgan qonun loyihasini körib çiqişdi.

U bilan Fuqarolik, Soliq kodeklariga, “Garov töğrisida”gi, “Ipoteka töğrisida”gi, “Sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini ijro etiş töğrisida”gi hamda “Tölovga qobiliyatsizlik töğrisida”gi qonunlarga kreditorlarning garov bilan ta’minlangan talablarini qondirişni takomillaştirişga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda.

Qonun loyihasining qabul qilinişi kreditorlarning garovga qöyilgan mol-mulkiga nisbatan huquqlari ustuvorligini ta’minlaş, garov narsasini suddan taşqari tartibda realizatsiya qiliş tizimini takomillaştiriş, majburiyatni garovdagi mol-mulk hisobidan undiriş jarayonlarini soddalaştirişga xizmat qiladi.

Fraksiya a’zosi Jasurbek Şodiyev qonun loyihasining mohiyatiga töxtalib, uni ikkinçi öqişga tayyorlaş davomida fraksiya a’zolari tomonidan berilgan qator takliflar hujjat matnida aks etgani va loyiha har tomonlama pişiq-puxta holatga keltirilganini bildirdi.

Qizğin savol-javoblardan söng qonun loyihasi deputatlar tomonidan qöllab-quvvatlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?