Asosiy kontentga o‘tish
Yakshanba 22-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

E'lonlar

ÖzLiDeP nomzodlarining hujjatlari “E-saylov” platformasiga kiritilmoqda

13.09.2024 3061
ÖzLiDeP nomzodlarining hujjatlari “E-saylov” platformasiga kiritilmoqda

Xabaringiz bor, 7-sentabr kuni poytaxtimizda ÖzLiDePning I Kongressida partiyaning saylovlarida faol iştirok etiş masalalari körib çiqilib, deputatlikka nomzodlar körsatiş böyiça qaror qabul qilingan edi.

Ta’kidlaş joiz, nomzodlarni körsatiş jarayoni partiyaning kelgusi faoliyati uçun muhim ahamiyatga ega. Nomzod körsatiş böyiça qabul qilingan qarorlar partiyaning saylovlardagi muvaffaqiyatini belgilaydigan eng muhim omildir.

Şundan kelib çiqib, ÖzLiDeP Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputatligiga bir mandatli okruglar (majoritar tizim) böyiça 75 nafar, partiyaviy röyxat (proporsional tizim) böyiça 100 nafar nomzodlar körsatdi.

Nomzodlarning 43 foizi ayollardan iborat bölib, barça 175 nafar nomzod oliy ma’lumotga ega, ularning 63 foizini tadbirkor va fermerlar, iqtisodiyot sohasi vakillari, 25 foizini fan, ta’lim, madaniyat va ijtimoiy sohasi vakillari, 12 foizini huquqşunoslar taşkil etadi. Şuningdek, nomzodlarning 19 nafari fan nomzodi (PhD) va 12 nafari fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega.

ÖzLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasida Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va mahalliy vakillik organlariga partiyadan körsatilgan nomzodlar "E-saylov” platformasiga kiritilib, barça nomzodlar haqidagi hujjatlar Markaziy saylov komissiyasiga röyxatdan ötkaziş uçun topşirilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?