Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 23-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

E'lonlar

Fermer va dehqonlarning qöşilgan qiymat soliğidan ozod etilişi sohaning şaffof işlaşiga turtki beradi

05.09.2025 1379
Fermer va dehqonlarning qöşilgan qiymat soliğidan ozod etilişi sohaning şaffof işlaşiga turtki beradi

Fermer va dehqon xöjaliklari özlari yetiştirgan meva-sabzavot, göşt, sut, tuxum kabi qişloq xöjaligi mahsulotlarini sotganda qöşilgan qiymat soliği nol stavkada qöllanadi, ya’ni kelgusi yil 1 yanvardan boşlab mazkur soliqni tölaşdan ozod böladi.

Davlatimiz rahbari kuni keça qişloq xöjaligida qöşilgan qiymat zanjirini yaratiş çora-tadbirlari böyiça taqdimotda mazkur taklifni ma’qullab, mutasaddilarga aniq topşiriqlar berdilar.

Mazkur taşabbus davlatimiz rahbari tomonidan qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiruvçi fermer va dehqonlar uçun berilayotgan katta imkoniyat, amaliy qöllab-quvvatlaşdir.

Taqdimotda ta’kidlanganidek, sönggi yillarda bu soha tarkibiy jihatdan isloh qilinib, samaradorlikni oşiriş çoralari körildi. Paxta va ğalla maydonlari qisqartirilib, 160 ming gektar yangi boğ va tokzor barpo etildi. 1 milliard dollarlik 1 ming 500 ta oziq-ovqat loyihasi işga tuşirildi.

Davlatimiz rahbari qişloq xöjaligida yaşirin iqtisodiyot uluşi yuqori bölib qolayotganini ta’kidlab, yetiştirilgan mahsulotning hammasi ham hisobotlarda qayd etilmayotganini keskin tanqid qildi.

Şunga muvofiq, Xalqaro valyuta jamğarmasi, malakali xorijiy va mahalliy ekspertlar iştirokida qişloq xöjaligini “soya”dan çiqariş böyiça takliflar işlab çiqildi.

Unga köra, kelasi yil 1 yanvardan boşlab, qişloq xöjaligi korxonalari dehqon va fermerlarga özi yetiştirgan qişloq xöjaligi mahsulotini (ğalla va paxtadan taşqari) sotişda qöşilgan qiymat soliği nol stavkada böladi.

Şu bilan birga, mahsulotni yetiştirişda uruğ, öğit, yoqilği, transport, elektr kabi xarajatlar uçun hisobga olingan QQSni qaytarib beriş amaliyoti ham saqlanib qoladi.

Natijada fermer va dehqonlar ixtiyorida yiliga 300 milliard söm mablağ qoladi, yana 400 milliard sömlik soliqni qaytarib oliş imkoniyati böladi.

Davlatimiz rahbari tomonidan berilayotgan bu yengillik soha vakillarining şaffof işlaşiga turtki beradi, joylarda yirik sanoatlaşgan plantatsiyalar va qayta işlaş korxonalarining köpayişiga mustahkam zamin yaratadi. Bu esa O‘zLiDePning qişloq xöjaligi sohasini rivojlantiriş böyiça öz zimmasiga olgan vazifalari ijrosiga xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?