Xalqimiz islohotlar davomiyligi uçun ovoz berdi
Mamlakatimizda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi hamda xalq deputatlari mahalliy kengaşlariga ötkazilgan saylov nihoyasiga yetganiga ham bir hafta böldi. Tabiiyki, şu kunlarda xorijiy va mahalliy ekspertlar, ommaviy axborot vositalari, blogerlar ÖzLiDePning mazkur saylovda qölga kiritgan ulkan natijasi qanday omillar bilan boğliqligi xususida turli-tuman xulosalar, fikr, munosabatlarni ilgari surayotganiga guvoh bölyapmiz.
Ba’zi tahlilçilar uşbu yutuqni partiyaning saylov oldi tarğibotidagi faolligi bilan boğlasa, boşqalari ayrim partiyalar öz saylovoldi tarğibotida yöl qöygan xatoliklar bilan izohlayotganligini kuzatiş mumkin.
Albatta, bu bir qaraşda közga taşlanişi mumkin bölgan sabablar va ularda ham ma’lum ma’noda jon bor. Lekin masalaning asl mohiyatiga yetiş uçun unga ança çuqurroq yondaşiş zarurligi közga taşlanadi. Çunki boşqa omillarsiz, faqatgina saylovoldi tarğibotining özi bilan ÖzLiDeP bu saylovda bu qadar e’tiborga molik natijaga erişişi qiyin edi.
Xöş, unda yana qaysi omillar, amaliy işlar bunga xizmat qildi, asos yaratdi, degan savol tuğilişi tabiiy.
Biz bugun ana şunday hayotiy savollarga javob izlaşga harakat qilamiz.
Birinçidan, uşbu saylovda iştirok etişdan avval ÖzLiDeP öz oldiga qöygan asosiy maqsadga töxtalaylik. Partiya Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi va mahalliy Kengaşlar deputatlari saylovi e’lon qilinganidan keyin ötkazilgan Siyosiy Kengaş majlisidayoq özining saylovlarda qatnaşişi bilan boğliq maqsadni quyidagi mazmunda belgiladi: “Bizning maqsadimiz – mamlakatimizda 2017-yilda boşlangan, Yangi Özbekistonni barpo etiş, inson qad rini uluğlaş bilan boğliq keng kölamli islohotlarning bardavom bölişini ta’minlaşdir. Çunki biz Yangi Özbekistonning kelajagi, xalqimizning, har bir insonning farovonligi aynan şu islohotlar taqdiriga boğliq deb hisoblaymiz va ularning izçilligini ta’minlaşni oldimizdagi asosiy maqsad deb bilamiz!”.
Körinib turibdiki, partiya saylovlarda iştirok etiş bilan boğliq rejalarini aniq ifoda etgan edi va bu ezgu maqsadlar mamlakat aholisining aksariyat qismi orzu-istaklariga mos tuşganligi bilan ajralib turardi. Buning isbotini “Ijtimoiy fikr” markazi ötkazgan örganişlar ham yaqqol körsatib turibdi.
Markaz aynan saylovlar ötayotgan davrda, şu yilning avgust oyi sönggida e’lon qilgan sotsiologik sörovlari natijalariga tayangan holda aholi kayfiyatini baholovçi quyidagi tezisni ilgari suradi: “Jamoatçilik fikrida mamlakatimiz keyingi yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişda katta yutuqlarga erişganligi töğrisidagi qaraş şakllangan.
Sörov iştirokçilari keyingi vaqtda aholining turmuş darajasi ösganligi, daromadlari oşib borayotganligi, köplab xonadonlar öz oilaviy şaroiti yaxşilanganligi töğrisida fikr bildirdilar. Uşbu özgarişlarni ular iqtisodiyotning barqaror ösib borayotganligi, kiçik va xususiy tadbirkorlik, fermerlikni rivojlantiriş borasida samarali tadbirlar amalga oşirilayotganligi, yangi iş örinlari yaratilayotganligi bilan boğlaşmoqda”. Sörov iştirokçilarining 74,7 foizi uşbu özgarişlar tufayli özlarining kasbiy va ijodiy imkoniyatlarini röyobga çiqariş, farovonligi va ehtiyojlarini ta’minlaş uçun yetarli şart-şaroitlar yaratilganligini ta’kidlagan bölsa, 65,3 foizi mamlakatda kiçik va örta biznesni rivojlantirişda qölga kiritilgan yutuqlarni keyingi yillarning muhim omillari sifatida körsatgan. Sörovnomada iştirok etgan 71,7 foiz fuqarolar ta’lim sohasidagi ijobiy özgarişlarni alohida ta’kidlagan bölsa, 60,5 foiz respondentlar soğliqni saqlaş tizimini isloh qilişda qölga kiritilgan yutuqlarni ijobiy baholab, tibbiy xizmat körsatiş sifatining ösib borayotganini ta’kidlab ötgan.
Albatta, hali e’tibor qaratilişi lozim bölgan yönalişlar, hal qilinişi kerak bölgan masalalar ham mavjudligini körsatib ötar ekan, “Ijtimoiy fikr” mutaxassislari öz tadqiqotlarini “Umuman olganda fuqarolar mamlakatda “Özbekiston – 2030” strategiyasi doirasida amalga oşirilayotgan işlarni töliq qöllab quvvatlamoqdalar”, degan xulosa bilan yakunlaydi.
E’tiborli jihati, markaz tomonidan keltirilgan bu raqamlar bugun jamiyatning aksariyat qismi yurtimizda amalga oşirilayotgan islohotlarni qöllab-quvvatlayotgani va ularning izçil davom etişidan manfaatdor ekanligini yaqqol körsatadi.
ÖzLiDeP tomonidan partiyaning saylovlarda iştirok etişidan közlangan maqsad islohotlar davomiyligini ta’minlaş ekanligi xususida jamiyatga yuborilgan signalning öziyoq bunday özgarişlardan manfaatdor va hayotida ularni teran his qilayotgan hamda islohotlarning tizimli davom etişini istayotgan yurtdoşlarimizning xolisona qaror qabul qilişlariga turtki berdi, desak mubolağa bölmaydi.
Demak, xalqimiz ÖzLiDePni qöllab-quvvatlar ekan, Prezidentimiz taşabbusi bilan mamlakatimizda amalga oşirilayotgan va jamiyatning barça sohalarini keng qamrab olayotgan izçil islohotlar, yangilanişlar davom etişi uçun ham ovoz berdi. Aynan ana şu omilning öziyoq aksariyat yurtdoşlarimizning saylovlardagi tanloviga ijobiy ta’sir qilgan muhim jihatlardan biri böldi.
Ikkinçidan, 27-oktyabrda bölib ötgan saylovda erişilgan muvaffaqiyatga ÖzLiDePning ötgan beş yildagi faoliyati ham asos yaratdi, deyiş mumkin. Eng avvalo, siyosiy kuç 2019-yilda xalqimizga bergan va’dalarini amalda bajarişga astoydil kirişdi. Bu borada közga körinarli natijalarni qölga kirita oldi. Qolaversa, mamlakat hayotidagi muhim siyosiy voqealar bölmiş 2021 va 2023-yilgi Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlarida ham özining faol pozitsiyasini körsatib, aholining katta işonçini qozondi. Aslida bu saylovlarda ham partiya xalqning intilişlari, orzu-umidlariga mos keladigan hayotiy qarorlari bilan köpçilikning işonçini oqlagan edi. Asosiysi, uşbu saylovlar bir narsani körsatdi, ya’ni yurtdoşlarimiz hal qiluvçi pallada ÖzLiDeP ularning niyat-istaklari, kelajakka bölgan işonçiga mos takliflar bilan örtaga çiqa olişini amalda kördi.
Xususan, 2023-yilda qabul qilingan va aholini köp yillardan beri öylantirib kelayotgan köplab masalalarni özida aks ettirgan, asosiysi mamlakatning keyingi taraqqiyot istiqbollarini belgilab bera olgan yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning qabul qilinişi taşabbuskorlaridan biri ham aynan ÖzLiDeP bölganligi uning xalq orasida zarur pallada mamlakat taqdiri uçun mas’uliyatni öz zimmasiga olişga qodir bölgan siyosiy kuç sifatida şakllanganligini yana bir bor namoyon etdi.
Uşbu siyosiy kuç öz partiyaviy tuzilmalari, fraksiya si va mahalliy kengaşlardagi deputatlik guruhlarining kundalik faoliyatini ham mamlakat Prezidentining xalqçil va aholi tomonidan töliq qöllab-quvvatlanayotgan siyosatini amalga oşiriş, uni hayotga tatbiq qilişda tösiq bölişi mumkin bölgan holatlarning oldini olişga qaratdi.
Natijada ötgan yillar davomida partiya fraksiyasi tomonidan, ayniqsa, 2020-2024-yillarda parlament quyi palatasi tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborilgan 404 ta qonunning har biri fraksiyamiz deputatlari tomonidan atrofliça muhokama etilib, ularni takomiliga yetkaziş böyiça berilgan takliflar töliq qöllab-quvvatlandi. 41 ta qonun loyihasi bevosita fraksiyamiz deputatlari tomonidan, şundan 24 tasi boşqa fraksiyalar deputatlari bilan birga taşabbus huquqidan foydalangan holda işlab çiqildi.
Ötgan beş yilda birgina tadbirkorlikni rivojlantiriş borasida bir qator aniq işlar amalga oşirildi. Soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi. Bugungi kunda mulk soliği stavkasi 5 %dan 1.5 %ga kamaytirildi, qöşilgan qiymat soliği stavkasi 20 %dan 12 %ga tuşirildi. Iş haqiga nisbatan soliq yuki 2 baravar kamaytirildi. Tadbirkorlik sohasidagi 132 ta litsenziya va ruxsat beriş tartib-taomillari bekor qilindi. Davlat boşqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining 16 ta nazorat funksiyalari ham bekor böldi. Bundan taşqari, davlat idoralari tomonidan fuqarolar va tadbirkorlardan 70 dan ziyod hujjat hamda ma’lumotnomalarni talab qiliş amaliyoti bekor qilindi.
Quvonarlisi, oxirgi 5 yilda 7 millionga yaqin yaratilgan yangi iş örinlarining 55 foizi tadbirkorlar hisobiga töğri kelganidir.
Tadbirkorlar uçun yaratilayotgan keng imkoniyatlar tufayli beş yil içida Özbekistonda tadbirkorlik sub’ektlari soni 2,5 baravarga oşganligini körişimiz mumkin. Mana şu körsatkiçning öziyoq partiyani doimo qöllab-quvvatlab kelgan elektoratimiz vakillari – işbilarmonlar qatlamining qançalik darajada kengayib, tobora mustahkamlanayotganligini isbotlaydi.
Albatta, saylovlarda partiyaga ovoz beruvçilar sonining oşiş dinamikasi tahlil qilinganda tadbirkorlar tarkibidagi mana şu sifat özgarişlarini ham e’tibordan çetda qoldirmaslik kerak.
ÖzLiDePning tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş bilan boğliq bu kabi sa’y-harakatlari uşbu raqamlar bilan çegaralanmaydi, albatta. Bu borada aholini, birinçi navbatda tadbirkor va fermerlarni qiynayotgan turli muammolarni bartaraf etiş uçun tezkor munosabat bildiriş amaliyotining yölga qöyilganligiga ham alohida töxtalib ötiş lozim. Xususan, ijtimoiy tarmoqlarda köpçilikning noroziligiga sabab bölgan bir qator masalalarda partiyaning öz vaqtida munosabat bildirib, zarur hollarda tegişli organlarga öz deputatlarining sörovlarini yuborib borganligi bunga yaqqol misol böla oladi. Masalan, 2023 yilning oktyabrida jizzaxlik tadbirkor Qaşqadaryodan 60 tonna çigitni olib çiqiş vaqtida ta’qiqqa uçraganligi masalasida partiyaning aralaşuvi va viloyat hokimligiga yuborilgan deputat sörovi, 2023 yilning dekabrida Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi qirqdan ortiq fermer xöjaliklarini yer maydonlarini olib qöyiş bilan boğliq holatga bevosita partiyaning aralaşuvi, şu yilning yanvar oyida Koson tumanidagi fermer xöjaliklarining yer maydonlari zaxiraga qaytarilişining qonuniyligini örganiş borasida yoki joriy yilning mart oyidagi xususiy oliy ta’lim muassasasining litsenziyasini olib qöyiş masalasi böyiça bildirilgan tezkor munosabat va boşqa amaliy işlar partiyaning har bir muammoli holatda çetda turmasdan, öz vaqtida qat’iy pozitsiyasini bildirib borganligi, zarur hollarda tegişli partiyaviy va deputatlik vositalarining işga solganligi orqali yuzaga kelayotgan vaziyatni adolatli hal qilinişiga erişib kelganligini körsatadi. Albatta, sanab ötilgan bu kabi omillarning ham tadbirkorlar va ularning ortida turgan ming-minglab yurtdoşlarimizning saylovlardagi qat’iy qarorlariga ta’sir etgani aniq.
Uçinçidan, partiyaning uşbu saylovda yirik natijaga erişişida muhim rol öynagan sabablardan yana biri ÖzLiDeP tomonidan ilgari surilgan saylovoldi dasturi bölgani şubhasiz. Asosiysi, juda sodda, aholining barça qatlamlari uçun tuşunarli tilda tayyorlangan uşbu dastur tizimli, özbek jamiyatining ertangi kunini partiya qanday körayotgani borasida aniq tasavvur hosil qiliş imkoniyatini beradigan, aholining barça segmentlari manfaatlariga mos takliflarni öz içiga olgan muhim hujjat sifatida taqdim etilganidir.
Albatta, dasturda birinçi navbatda partiyaning asosiy elektorati hisoblangan tadbirkorlar, işbilarmonlar, fermerlar uçun ğoyat muhim takliflar örin olgan edi. Qolaversa, bu bilan çeklanib qolinmasdan, partiya ayollar, yoşlar, aholining keksa yoşli vakillari uçun ham bir qator muhim takliflarni ilgari surdi va bunda aynan ularni öylantirib turgan muammolarni dadil kötarib, mazkur masalalarni hal qiliş borasida öz yondaşuvlarini taqdim eta olganligini köriş mumkin. Fan, ta’lim sohasi vakillari, soğliqni saqlaş tizimi va boş qa sohalarni ham rivojlantiriş borasida partiyaning saylovoldi dasturida aniq takliflar ilgari surilgan edi.
Şuningdek, avval özini boşqa partiya elektorati hisoblagan ijtimoiy sohalar, qolaversa madaniyat, fan, ta’lim sohalari vakillarining ham ma’lum bir qismi özini öylantirgan masalalarga jöyaliroq javoblarni aynan ÖzLiDeP dasturidan topganligi va şuning uçun ham saylovda uşbu partiyaga heç ikkilanmay ovoz berganligi ayon böldi. Buning isbotini avvalgi saylovlarda aholining uşbu qatlamlari vakillari hisobiga öz ovozini töplab kelgan ayrim partiyalarning bu safar uşbu ovozlarning bir qismini yöqotganligida köriş mumkin. Öz navbatida aynan şu holat ÖzLiDeP uçun juda muhim bir vaziyat – partiyaning jamiyatdagi ijtimoiy tayançi endilikda faqatgina tadbirkorlar, işbilarmonlar va fermerlar doirasidan ança kengayib, aholining boşqa qatlamlarini ham qamrab ola boşlaganligini körsatadi. Demak, jamiyat taraqqiyotida aynan ÖzLiDeP keyingi ön yilliklar davomida xalqqa tarğib qilib kelayotgan qaraşlar endilikda aholining deyarli barça qatlamlari uçun ham jozibador, bir söz bilan aytganda, ertangi kunga işonç uyğotadigan ğoyalarga aylanib ulgurganligidan dalolat beradi.
Masalaning bunday qöyilişi, endilikda ÖzLiDeP nafaqat tadbirkorlarni öylantiradigan muammolarga, balki partiya uçun öz ovozlarini bergan ijtimoiy soha vakillari oldida ham mas’uliyatni jiddiy his qilişi, mazkur saylovdan söng uşbu yönalişdagi işlarga ham ustuvor ahamiyat qaratişi lozimligini tasdiqlaydi.
Törtinçidan, ÖzLiDePning uşbu ğalabasi sabablarini tahlil etganda, albatta, joriy yildagi saylovning birinçi marta aralaş saylov prinsipi asosida bölib ötganligini ham e’tiborga olmoq lozim deb hisoblaymiz.
Bu yildan boşlab proporsional saylov tizimiga xos qoidalarning joriy etilganligi, aholiga bevosita siyosiy partiyalarga ovoz beriş imkoniyatini yaratdi. Dunyo amaliyoti jamiyatda öz örniga ega bölgan, yirik partiyalar uçun proporsional saylov tizimi ayni muddao ekanligini, çunki aholi bunday holatlarda özi yaxşi taniydigan, işonadigan partiyaga ovoz berişini körsatadi. Özbekis ton ham bundan mustasno emas. Şu asosda ötgan birinçi saylovdayoq ÖzLiDeP parlamentdagi 75 ta örindan 26 tasini, ya’ni, partiyaviy röyxat böyiça olinişi mumkin bölgan barça örinlarning uçdan biridan köproğini qölga kiritdi!
Albatta, uşbu körsatkiç partiyaning mazkur yönalişda yanada yirikroq natijalarni qölga kiritiş imkoniyatlari mavjudligi, bu borada keyingi saylovlargaça jahon amaliyotidagi boy tajribalarni yanada çuqurroq örgangan holda tizimli ravişda amalga oşirişi lozim bölgan aniq vazifalar borligini körsatadi. Bu kabi maqsadli vazifalar amalga oşirilsa, öylaymizki, partiyaning Özbekiston saylov tizimiga endigina kirib kelayotgan aralaş saylov tizimi asosida ötkazilayotgan saylovlarda yanada köproq ovoz oliş imkoniyati kengayadi.
Beşinçidan, proporsional saylov tizimida taşkil qilingan yagona saylov okrugida ÖzLiDeP yuqorida tilga olinganidek, quvonarli natijaga erişgan bölsa-da, lekin, tan oliş kerakki, bir mandatli okruglarda bölgan saylovlarda köproq ovoz töplandi. Uşbu tartibdagi saylovlarda iştirok etiş borasida partiyaning tajribasi katta bölganiga qaramasdan, ya’ni aynan şunday tamoyillar asosida bölib ötgan saylovlarda hamişa ğoliblik qölgan kiritilgan bölsa ham 2024 yilgi saylovda qölga kiritilgan yuksak natija hali bu siyosiy kuç tarixida kuzatilmagan edi, deya bemalol aytiş mumkin.
Masalan, ötgan saylovlarda 120 ta örindan 41 ta, 150 ta örindan 52 va ikki marta 53 ta örin olişga erişgan. ÖzLiDeP köpi bilan barça örinlarning örtaça 35 %ga teng qismini egallab kelgan. Bu galgi saylovda saylov okruglari böyiça ilgari surilgan 75 ta nomzodning 38 tasi, yoki qariyb 51 %i ğalabaga erişdi.
Bunday fenomenal körsatkiçning asosiy sabablaridan biri, albatta, yuqorida biz imkon qadar keltirib ötgan amaliy asoslar bölsa-da, yana şuni alohida ta’kidlaş kerakki, aynan qöşimça ravişda bir mandatli okruglar böyiça partiya tomonidan ilgari surilgan nomzodlarning nihoyatda töğri tanlanganligi ham böldi, deyiş mumkin. Nomzodlar faoliyati tahlil qilinar ekan, ayonki, ular orasida Oliy Majlis Qonunçilik palatasida boy tajriba orttirib, birinçi navbatda saylovçilar işonçini qozongan faol deputatlar bilan bir qatorda ular orasida yoş bölsa-da, lekin allaqaçon jamiyatda öz örniga ega bölgan, egallagan sohasining haqiqiy bilimdonlari bölgan nomzodlar ham borligini ta’kidlaş lozim.
Oltinçidan, saylovoldi kampaniyasiga yangiça yondaşuv: imkon qadar har bir xonadonga, har bir saylovçiga yetib borişga harakat qiliş, ötgan saylovlarda özini oqlagan uslublar bilan bir qatorda ilgari milliy saylov jarayonlarida qöllanilmagan mutlaqo yangiça vositalarning işga solinişi kabi omillar ham ÖzLiDePning öziga xos tarğibot strategiyasini belgilab berdi.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va mahalliy Kengaşlar deputatligiga ilgari surilgan qariyb 6 mingga yaqin nomzodlar, ularning 19 mingdan ortiq işonçli vakillari, partiya xududiy kengaşlari qoşida tuzilgan tarğibot guruhlari, bularning barçasi saylovoldi taşviqotlari davrida qariyb 700 mingga yaqin uçraşuvlarni taşkil eta oldi. Qolaversa, tarğibot guruhlari mamlakatdagi 11 mingga yaqin mahallalarning aksariyatiga kirib borib, xonadonma-xonadon yurib, partiya va undan körsatilgan nomzodlarning tarğibot materiallarini tarqatiş işlarini amalga oşirdi. ÖzLiDeP tomonidan taşkil etilgan “Tarğibot avtobus”lari deyarli barça yirik şaharlarni aylanib çiqib, ön minglab saylovçilar orasida tarğibot tadbirlarini amalga oşirişga ulgurdi. Tarğibotçi-velosipedçilar faoliyati ham ilgari amaliyotda uçramagan va aholi orasida partiya nomzodlariga bölgan e’tiborni kuçaytira olgan yangi tarğibot usullaridan biri böldi deyiş mumkin. Partiyaning hududlar va Toşkent şahrida bölib ötgan, har birida örtaça 3 mingdan 10 minggaça saylovçilar qatnaşgan ommaviy tadbirlarida “Yoşlar klublari” (avvalgi “Yoşlar qanoti”) jalb etgan köngillilar (volontyor)larning umumiy soni 100 minggaça yetganligi yoşlarimizning ÖzLiDeP saylovoldi tadbirlarini qançalik qöllab-quvvatlaganligini körsatadi. Natija esa köngildagidek: ya’ni partiya saylovçilarning qariyb uçdan ikki qismiga yaqinroğini öz tarğibot doirasida qamrab olişga erişdi, deya bemalol aytiş mumkin.
Yana bir e’tiborga molik jihati şuki, bu bevosita saylovoldi taşviqot tadbirlari doirasida amalga oşirilgan partiyalararo debatlardir. Xuddi ana şu jonli va yuzma-yuz muloqotlar ham ÖzLiDeP dasturining ustun, xalqçil jihatlarini keng aholiga yetkazişda muhim rol öynadi, desak mubolağa bölmaydi.
Biz keltirib ötgan hayotiy asoslar va misollar ÖzLiDePning uşbu saylovga jiddiy tayyorgarlik köriş va bu muhim siyosiy jarayonni muvaffaqiyatli ötkazişda öziga xos sinov vazifasini ötadi deya olamiz.
Albatta, 2024-yil 27-oktyabrda bölib ötgan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi hamda Xalq deputatlari mahalliy kengaşlariga ötkazilgan saylov mavzusi hali siyosatşunoslar, sotsiologlar, boşqa ijtimoiy sohalar vakillari tomonidan ham batafsil örganiladi, bu borada xolisona munosabat bildiriş, fikr-mulohazalarni e’lon qiliş lozim. Çunki har qanday vaziyatda ham xalqimiz va mamlakat taqdiriga daxldor bunday siyosiy jarayonlarni tahlil qiliş nihoyatda muhimdir. Bu, albatta, Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan köppartiyaviylik, qolaversa, yangiça saylov tizimini yanada takomillaştiriş borasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Baxtiyor YAKUBOV
ÖzLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi
raisi örinbosari