Özbekistonning global muammolarni tartibga solişga doir taşabbuslari
Hozirgi vaqtda butun dunyo inqiroz davriga qadam qöydi, bu esa davlatlarni turli xil tarqoq çoralarni körişga majbur qilmoqda. Biroq ular dunyo xalqlari duç kelayotgan muammolarning sabablarini tizimli ravişda bartaraf eta olmayapti. Şu bilan birga, bu noaniqliklar töplanib, özaro boğlanib, ijtimoiy-iqtisodiy siljişlar va sayyora miqyosidagi xavfli özgarişlarni keltirib çiqarmoqda.
Afsuski, yetakçi davlatlar örtasida raqobat va işonçsizlik muhiti keskin kuçayib, yangi qarama-qarşilik va uruş öçoqlari vujudga kelayapti, turli tahdid va xatarlar tobora kuçayib bormoqda. Bu Yaqin Şarqda davom etayotgan adolatsiz uruş va kuzatilayotgan ikki tomonlama standartlarga ham taalluqli. Şu tariqa, Ğazo sektori va Livandagi misli körilmagan gumanitar fojiani, tinç aholiga qarşi vayronkor hujumlar va ularning ölimini heç narsa bilan oqlab bölmaydi.
Özbekiston global kun tartibidagi eng dolzarb va murakkab masala – Falastin muammosini hal etişga doir çora-tadbirlarni işlab çiqişda faol iştirok etmoqda. Şu tariqa, joriy yilning 11-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev arab-islom davlatlarining navbatdan taşqari sammitida iştirok etdi. Unda Ğazo sektori va Livandagi vaziyatni yumşatiş va mojaroni tezroq siyosiy yöl bilan hal etişga qaratilgan xalqaro hamjamiyat sa’y-harakatlarini birlaştiriş masalalari körib çiqildi.
Özbekiston Falastin – Isroil muammosini tinçlik va diplomatiya yöli bilan hal etişga qaratilgan barça amaliy taşabbuslarni töliq qöllab-quvvatlaydi. Mamlakatimiz Prezidenti Harbiy harakatlarni zudlik bilan töxtatiş, xavfsiz gumanitar yölaklarni ta’minlaş va eng asosiysi – tinçlik muzokaralarini boşlaş masalalari BMT va Xavfsizlik kengaşining doimiy e’tibor markazida turişi kerakligini ta’kidladi.
Biz qadimiy va boy tarixga ega Falastin xalqi 1967-yildagi çegaralar doirasida, poytaxti Şarqiy Quddus bölgan mustaqil va ozod davlatini tuzişga töla haqli ekanligi böyiça qat’iy pozitsiyaga egamiz.
Özbekiston uruşda jabrlangan falastinlik bolalar va ayollarni Özbekiston şifoxonalarida beğaraz davolaşga tayyor ekanligi qayd etildi. Şu örinda davlatimiz rahbari muqaddas Al-Aqso masjidi, Quddusdagi boşqa noyob tarixiy-madaniy yodgorliklarning daxlsizligini ta’minlaş hamda ularni beşikast saqlab qoliş masalalariga katta e’tibor qaratdi.
Özbekiston taşqi siyosatining diqqat markazida bölgan navbatdagi global muammo iqlim özgarişining salbiy oqibatlarini yumşatiş va ularga moslaşişdan iborat. Iqlim özgarişlari bugungi kunda asosiy global tahdidga aylanib bormoqda, geosiyosiy ziddiyatlar kuçayişiga bevosita ta’sir körsatmoqda. Ayniqsa, kambağallikka qarşi kuraş, oziq- ovqat va energetika xavfsizligi, suv va resurslardan foydalaniş muammolarini kuçaytirmoqda.
Markaziy Osiyoning issiqxona gazlarining global emissiyasiga qöşgan hissasi global uluşning arang 2 foizini taşkil etayotganiga qaramay, uşbu hudud iqlim özgarişiga nisbatan eng zaif mintaqalardan biri hisoblanişi e’tiborga molik. Masalan, XVF ma’lumotlariga köra, Markaziy Osiyoda haroratning ösiş sur’ati global körsatkiçlardan 2 barobar yuqori. 2050-yilga kelib Amudaryo va Sirdaryo havzalarida suv resurslarining qisqarişi mintaqaviy YaIMning 11 foizga qisqarişiga olib kelişi mumkin. Natijada, öşa paytda Markaziy Osiyo mintaqasida taxminan 2,5 million kişi iqlim özgarişi asoratlaridan nisbatan kamroq aziyat çekayotgan hududlarga köçişga majbur bölişdek real tahdidi ostida qoladi.
Mamlakatimiz iqlim özgarişiga eng ta’sirçan davlat sifatida xalqaro va mintaqa miqyosidagi tadbirlar davomida Orol dengizining qurişi, çöllaniş va yerlarning degradatsiyasi, havo haroratining özgarişi, tabiiy ofatlar köpayişi bilan boğliq muammolarga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.
Öz navbatida Özbekiston uglerod neytralligiga erişiş böyiça keng miqyosdagi islohotlar qat’iy amalga oşirmoqda. 2030-yilgaça havoga isciqxona gazlari çiqarilişini 35 foizga kamaytiriş rejalaştirilgan. Bundan taşqari, “yaşil” energetika uluşini 40 foizgaça oşiriş maqsad qilingan. Elektromobil va “yaşil” vodorod klasterlari, quyoş va şamol generatsiya xablari yaratilmoqda. “Yaşil makon” dasturi doirasida kökalamzor hududlar köpaytirilmoqda.
Özbekistonning Ozarbayjonda bölib ötayotgan BMTning iqlim özgarişi böyiça hadli konvensiyasi (COR29) tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasidagi faol iştirokini şu va boşqa omillar ifodalaydi. Mazkur tadbirning dolzarbligi yerlar degradatsiyasi va çöllanişiga qarşi kuraş samaradorligini oşiriş yöllarini birgalikda muhokama qiliş, ekologik ta’limni rivojlantiriş va iqlim sohasidagi kun tartibini tarğib qilişda yoşlarning rolini oşirişdan iborat.
Şavkat Mirziyoyev öz nutqida ta’kidlaganidek, Özbekiston global iqlim özgarişlari oqibatlarini birgalikda bartaraf etişda özining amaliy hissasini kengaytiriş niyatida. Şu maqsadda rivojlanayotgan mamlakatlar duç kelayotgan iqlim xatarlarini aniqlaş uçun yetakçi davlatlar va xalqaro institutlarning texnik kömagini kengaytiriş muhimdir. Transçegaraviy suv resurslari ifloslanişining oldini oliş va barqaror bioxilma-xilligini saqlaşda yagona yondaşuvlar zarur.
Iqlim özgarişlaridan zarar körayotgan megapolis va şaharlarning barqaror rivojlanişi böyiça ilğor bilim va amaliyotlar transferi uçun Jahon iqlim poytaxtlari alyansini taşkil etişni va uning birinçi forumini Toşkentda ötkaziş taklif qilindi. Şu bilan birga, barça davlatlar vakillari kelgusi yili 15-may – Xalqaro iqlim kunida Orolböyi mintaqasida ötkaziladigan Raqamli “yaşil” taşabbuslar global yoşlar festivaliga taklif etildi.
Özbekiston Respublikasining maxsus taşkil etilgan Milliy pavilonida Orolböyining ijtimoiy-ekologik muammolarini hal etiş, yaşil iqtisodiyotni rivojlantiriş, qayta tiklanuvçi energiya manbalari va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etiş, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş, biologik xilma-xillikni saqlaş va boşqa mavzularda qator tadbirlar ötkazilganini alohida ta’kidlamoqçimiz.
Umuman olganda, Özbekistonning Ozarbayjondagi COR29dagi iştiroki yakunlarini sarhisob qilar ekanmiz, biz töliq işonç bilan mamlakatimiz iqlim böyiça global kun tartibining ulkan ahamiyati va uning naqadar muhimligini yana bir bor tasdiqlaganini işonç bilan aytişimiz mumkin. Şu bilan birga, COR29da Prezident Şavkat Mirziyoyev yuksak minbardan turib nafaqat iqlimning salbiy tendensiyalarini ta’kidlab ötdi, balki global iqlim özgarişi oqibatlarini kamaytirişga qaratilgan qator amaliy taşabbuslarni ham ilgari surdi.
Aktam XAITOV,