Investorlar uçun qulay şart-şaroitlar yaratiladi
2024-yil 15-iyul kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati — Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi yiğilişida dastlab davlatimiz rahbarining 11-12-iyul kunlari Farğona viloyatiga taşrifining ahamiyati xususida töxtalib ötildi.
Taşrif doirasida Prezidentimiz raisligida ötkazilgan yiğilişda viloyatni sanoat hududiga aylantiriş, tadbirkorlik, qişloq xöjaligi, turizm, ta’lim, san’at, madaniyat sohalarini yanada rivojlantiriş, aholini uy-joy bilan ta’minlaş, turmuş farovonligini oşiriş böyiça belgilab berilgan ustuvor vazifalarga alohida e’tibor qaratildi. Fraksiya a’zolari davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan istiqbolli loyihalarni amaliyotga tatbiq etişda yanada faollik körsatişlari maqsadga muvofiqligini qayd etib, bu böyiça aniq vazifalarni belgilab oldilar.
Yiğilişda, şuningdek, bir guruh deputatlar tomonidan qonunçilik taşabbusi huquqi asosida işlab çiqilgan — maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlaştiriş va boşqariş tizimini soddalaştirişga qaratilgan qonun loyihasi körib çiqildi.
Qonun loyihasining muhim jihatlaridan biri — maxsus iqtisodiy zonalar hududida faoliyat yuritiş istagini bildirgan investorlarga qöşimça qulayliklarni yaratiş, ularning maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalari va davlat taşkilotlari bilan hamkorlik jarayonlarini avtomatlaştirilişi sanaladi.
Qonun loyihasiga muvofiq, maxsus iqtisodiy zonalarning ma’muriy kengaşlari tugatilib, ularning vazifalari maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalariga hamda yagona direksiyalarga yuklatilişini nazarda tutuvçi özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda.
Muhokamalarda fraksiya a’zolari qonun loyihasi yuzasidan öz fikr-mulohazalarini bildirdi. Jumladan, deputat Botir Mardayev loyihaning zaruratiga töxtalib, mazkur hujjat maxsus iqtisodiy zonalarning böş turgan yerlaridan samarali foydalanişga xizmat qilişini ta’kidladi.
Yiğilişda qonun loyihasining maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlaştiriş va boşqariş tizimini yanada soddalaştiriş, investitsiyalar jalb qiliş uçun şaroitlarni yaxşilaş, şu asosda yangi iş örinlari taşkil etiş hamda aholi daromadlarini oşirişda muhim ahamiyatga egaligi inobatga olingan holda fraksiya a’zolari tomonidan qöllab-quvvatlandi.