Işbilarmonlar xotin-qizlarning jamiyatdagi örni va nufuzini oşirişga oid taklif-taşabbuslar muhokama qilindi
19 noyabr "Xalqaro tadbirkor ayollar kuni" munosabati bilan O‘zLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi tomonidan “Işbilarmon ayollar” Forumi ötkazildi. Forumda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari, “Işbilarmon ayol” körik-tanlovi ğoliblari, tadbirkorlik sohasida muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan tadbirkor xotin-qizlar hamda partiya faollari iştirok etdi.
Ta’kidlanganidek, ayollar nafaqat oila va jamiyat hayotida, balki iqtisodiyotning yetakçi tarmoqlari, xususiy sektor va kiçik biznesda ham tobora faol iştirok etib kelmoqda. Sönggi sakkiz yilda xotin-qizlarning biznes salohiyatini oşirişga qaratilgan qator muhim çora-tadbirlar amalga oşirilib, imtiyozli kreditlar, grantlar, ta’lim va maslahat dasturlari orqali ayollar tadbirkorligi keng qöllab-quvvatlanmoqda. Bugungi kunda şaharlarda xususiy firmalarning 15 foizi, qişloq hududlarida esa 7 foizi ayollar rahbarligida faoliyat yuritmoqda, yakka tartibdagi tadbirkorlar orasida xotin-qizlar uluşi 40 foizga yaqinlaşgani fikrimiz tasdiğidir.
Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan taşkil qilingan “Işbilarmon ayollar” Respublika forumi xotin-qizlarning iqtisodiy salohiyatini kuçaytiriş, biznes yuritişdagi muammo va takliflarini muhokama qiliş, ularni siyosiy jarayonlarga yanada faol jalb etişga xizmat qiladigan oçiq muloqot maydoni vazifasini ötadi.
Forumda partiya taşabbusi bilan 2016 yildan buyon ötkazib kelinayotgan “Işbilarmon ayol” respublika körik-tanlovining amaliy natijalari sarhisob qilindi. 10 yildan buyon taşkil qilib kelinayotgan mazkur loyiha doirasida 60 mingdan ortiq xotin-qizlar qamrab olindi, 20 mingga yaqin tadbirkor va fermer ayollar öz mahsulotlari bilan körgazmalarda iştirok etdi. Ularning katta qismi partiya bilan doimiy hamkorlikka ötdi, partiya a’zoligiga qabul qilindi, boşlanğiç partiya taşkilotlari tuzdi, ayrimlari mahalliy kengaşlar va parlamentga deputat etib saylandi.
2024 yildan loyihaning yangi — mahalla bosqiçlarining joriy etilişi esa ayollarning har bir hududdagi faolligini oşirişda muhim qadam böldi. Bu jarayon orqali partiya har bir mahallaga kirib boriş, ayollarning öz biznesini rivojlantirişga işonçini mustahkamlaş, ularni hamkorlik va tajriba almaşiş jarayoniga jalb etiş imkoniyati yanada kengaydi. Loyiha iştirokçilari örtasida özaro hamkorlik va qöşma taşabbuslar paydo bölib, tadbirkor ayollar bir-birlarining tajribasidan samarali foydalaniş imkoniga ega bölmoqda.
Forumda söz olganlar partiyaning uşbu amaliy loyihalari xususida töxtalib ötar ekan, uşbu loyihani tizimli taşkil qilib boriş muhimligini ta’kidlab ötişdi. Forum doirasida iqtisodiyotning turli sohalarida faoliyat yuritayotgan yetakçi tadbirkor ayollar öz tajribalari, muvaffaqiyatlari va innovasion yondaşuvlari bilan iştirokçilarga mahorat darslari ötkazişdi. Şuningdek, forum iştirokçilari ayollar tadbirkorligining turli yönalişlari, agrar sektordagi imkoniyatlar, kiçik biznesni qöllab-quvvatlaş va mahalliy iqtisodiyot drayverlarini şakllantiriş borasida amaliy taklif va tajribalari bilan örtoqlaşdilar.
“Işbilarmon ayollar” forumi xotin-qizlarning iqtisodiyot va jamiyatdagi örni va nufuzini yanada oşiriş, ularning muammo va taşabbuslarini eşitiş, yangi hamkorlik platformalarini yaratiş hamda partiyaning bu boradagi tizimli loyihalarini mustahkamlaşga xizmat qiladi. Tadbir doirasidagi oçiq muloqotlar va amaliy muhokamalar esa mamlakatda ayollar tadbirkorligiga kömak berişning yangi yönaliş va yeçimlarini işlab çiqişda muhim omil böladi.