Keyingi öquv yilidan boşlab yuqori sinf öquvçilari uçun sun’iy intellekt böyiça darslar kiritiladi
Ötgan yildan boşlab 1-sinflarda axborot texnologiyalari darslari yölga qöyilgan edi. Keyingi öquv yilidan boşlab yuqori sinflar uçun sun’iy intellekt böyiça darslar kiritiladi.
Bu haqida davlatimiz rahbari raisligida maktabgaça va maktab ta’limi sohasidagi islohotlar ijrosi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan ötkazilgan videoselektor yiğilişida ma’lum qilindi.
Buning uçun 2 mingta sinf xonasiga kompyuter, 6 ming 300 ta interfaol doska kerak. Uşbu maqsadlarga zarur mablağlarni keyingi yil davlat byudjetida nazarda tutiş topşirildi.
Şuningdek, iqtidorli öquvçilarga şaroit yaratiş uçun viloyatlarda axborot texnologiyalariga ixtisoslaşgan Al-Xorazmiy, muhandislik böyiça Mirzo Uluğbek, tabiiy fanlar yönalişida Ibn Sino maktablari filiallari taşkil etiladi.
Keyingi yilda maktab öquvçilari örtasida eng nufuzli ikkita – xalqaro kimyo va informatika olimpiadalari Markaziy Osiyo davlatlari içida ilk bor Özbekistonda bölib ötadi. Davlatimiz rahbari mazkur olimpiadalarni yuqori saviyada ötkaziş uçun mutasaddilarga qat’iy tonşiriq berdi.