Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 23-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

E'lonlar

Markaziy Osiyoning tranzit salohiyatini töliq röyobga çiqariş böyiça amaliy taşabbuslar

10.09.2025 1276
Markaziy Osiyoning tranzit salohiyatini töliq röyobga çiqariş böyiça amaliy taşabbuslar

Prezidentimiz Şanxay hamkorlik taşkiloti doirasida Xitoyda bölib ötgan köp tomonlama tadbirlarda biz uçun dolzarb ahamiyat kasb etuvçi xalqaro transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirişga alohida e’tibor qaratdi. Jumladan, Şimol – Janub va Şarq – Ğarb yönalişlari böyiça transport-tranzit salohiyatini töliq işga soliş, mintaqani global yölaklar bilan işonçli boğlaşni ta’minlaydigan samarali transport yönalişlarini yaratiş Markaziy Osiyo uçun hayotiy muhim ahamiyatga ega ekanligi urğulandi.

Bu borada “Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston” temir yölining qurilişi va kelajakda uni Transafğon yölagi bilan boğlanişi ŞHT doirasida yagona transport tarmoğini şakllantirişga xizmat qilişi, Markaziy Osiyo orqali Fors körfazi va Hind okeani portlariga çiqadigan janubiy yönalişdagi yölaklarni rivojlantiriş alohida ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlab ötildi. Şuningdek, “ŞHT yagona transport makoni”ni şakllantiriş va uni “Bir makon – bir yöl” strategik taşabbusi bilan boğlaş böyiça sa’y-harakatlarni moslaştiriş uçun katta imkoniyatlar mavjudligi e’tirof etildi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning Pekin şahrida bölib ötgan muzokaralari yakunida uşbu yönalişda katta amaliy ahamiyatga ega bölgan “Özbekiston – 2030” strategiyasi va Xitoyning “Bir makon, bir yöl” taşabbusini özaro boğlaş böyiça hamkorlik dasturi imzolandi.

Darhaqiqat, mintaqamiz katta iqtisodiy bozorlarni bir-biri bilan samarali boğlaş uçun strategik joylaşuvga ega hudud bölsada, mavjud transport infratuzilmasining rivojlaniş darajasi Markaziy Osiyoning tranzit salohiyatidan töliq foydalaniş imkonini çeklab turgan omildir. Birgina misol, har yili Xitoydan Yevropa Ittifoqiga bir neça million konteynerlarda köp milliardli tovarlar yetkazib beriladi. Infratuzilmaning rivojlanmagani sababli Transkaspiy yölakdan mana şu konteynerlarning yiliga örtaça 21 ming donasi ötadi, xolos. Agar quruqlik orqali yuklarni taşişga qiziqiş yildan-yilga ortib borayotganini hisobga olsak, bu holat bizni qoniqtirmasligi aniq.

Huddi şuningdek, Markaziy Osiyo bilan qöşni bölgan davlatlar örtasidagi özaro savdo hajmining ösib borişi mintaqa davlatlari uçun tranzit imkoniyatidan foydalaniş uçun şaroit yaratib bermokda. Masalan, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlarining Janubiy Osiyo bilan (ötgan yilgi körsatkiç 70 milliard dollar atrofida bölgan), Xitoyning arab davlatlari bilan köp milliardli savdo munosabatlari yildan-yilga oşib bormoqda.

Demak, mintaqamizning transport-logistika infatuzilmasini rivojlantiriş va qöşni mintaqalar bilan boğlaş uçun tranzit ötkaziş imkoniyatlarini yanada kengaytiriş iqtisodiyotimizni rivojlantiriş, uni sifat jihatidan özgartirişni amalga oşirişimizning muhim şarti hisoblanadi.

Şu nuqtayi nazardan, davlatimiz rahbari ham Şanxay hamkorlik taşkiloti doirasida, ham unga a’zo bölgan davlatlar bilan ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarida va umuman turli xalqaro platformalarda Markaziy Osiyoning transport infratuzilmasini rivojlantiriş, ularni xalqaro tranzit yölaklariga aylantiriş böyiça amaliy yönaltirilgan taşabbuslarni ilgari surib kelmoqda. Ularning samarali amalga oşirilişi bizning iqtisodiy rivojlanişimizning asosiy omillaridan biridir.

 Umid YAKUBXÖJAYEV,

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati

Saytni yangi dizayni yoqdimi?