“Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida”
Bugun Oliy Majlis Qonunçilik palatasida “Taraqqiyot bloki”ning yiğilişi bölib ötdi.
Yiğilişda Prezidentimizning poytaxtimizda bölib ötadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uçraşuvi arafasida e’lon qilingan “Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida” nomli maqolasi mazmun-mohiyati muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, ötgan yil Ostona sammitida qabul qilingan “Markaziy Osiyo — 2040” konsepsiyasi mamlakatlarimiz örtasidagi özaro işonç va hamjihatlikni mustahkamlab, mintaqada yangi iqtisodiy voqelikni vujudga keltirdi. Mintaqamizning yalpi içki mahsuloti ikki yarim barobarga ösib, 520 milliard dollarga yetdi, taşqi savdo hajmi esa ikki karradan ziyod köpaydi. Özbekistonning qöşni mamlakatlar bilan savdo aylanmasi ham 2016 yildagi 2,4 milliard dollardan 2024 yilda 7,2 milliard dollarga yetdi. Bu natijalar sanoat kooperatsiyasi, qöşma investitsiya fondlari va çegaraoldi savdo zonalarini rivojlantiriş orqali amalga oşmoqda.
Yiğilişda gumanitar sohada ham yaqinlik va hamjihatlik tobora mustahkamlanib borayotgani qayd etildi. Şuningdek, Yoşlar platformasi, rektorlar va olimlar forumlari, madaniy va sport tadbirlari qardoş xalqlarni yanada yaqinlaştirmoqda. Yangi yöllar, aviaqatnovlar va temir yöllar oçilişi natijasida odamlar örtasidagi bordi-keldi ança osonlaşdi, içki mintaqaviy turizm uluşi 80 foizdan oşdi.
Bugun Markaziy Osiyo dunyo siyosatida mustaqil, mas’uliyatli va yagona ovozga ega sub’yekt sifatida tan olinmoqda. “Markaziy Osiyo plyus” formatlari — Yevropa Ittifoqi, Xitoy, Rossiya va AQŞ bilan sammitlar ötkazilişi mintaqaning global siyosatdagi örni va nufuzi oşib borayotganini körsatmoqda. Endi taşqi hamkorlar mintaqani yagona şerik sifatida körib, munosabatlarni kompleks asosda rivojlantirmoqda.
Bir söz bilan aytganda, Markaziy Osiyoda hamjihatlik, işonç va döstlikka asoslangan yangi siyosiy va iqtisodiy muhit şakllanmoqda. Yangi Markaziy Osiyo tinçlik, barqaror taraqqiyot va yaratuvçan hamkorlik modeliga aylanib, dunyo hamjamiyatida tobora muhim örin egallab bormoqda.
Şu örinda dunyo hamjamiyati, xususan, yaqin qöşnilar bilan döstona aloqalarni mustahkamlaş ÖzLiDePning ham ustuvor vazifasi ekanini qayd etiş joiz. Yangi Markaziy Osiyoni tinç va barqaror mintaqaga aylanib borayotgani partiyamizning kelgusi yillarga möljallagan vazifalari mamlakatimiz taraqqiyoti uçun naqadar muhim ekanini yana bir karra isbotlaydi.