Nizolarni hal etişda mediatsiya instituti rivojlantiriladi
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiya yiğilişida dastlab Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning şu yil 14-fevral kuni yoşlar bilan videoselektor şaklida ötgan uçraşuvining mazmun-mohiyati va ahamiyati muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, sönggi yillarda yoşlarga doir davlat siyosati asosida yoş avlodning hayotiy manfaatlarini ta’minlaş, ularning ezgu orzu-intilişlari, qobiliyat va iste’dodini röyobga çiqariş, bandligini ta’minlaş, bilim va kasb-hunar egallaşi hamda ular uçun munosib iş va turmuş şaroiti yaratişga qaratilgan izçil islohotlar amalga oşirilmoqda.
Xususan, yoşlarga oid ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvçi köplab qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi. Ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltiriş, iqtidorli va iste’dodli yoşlarni qöllab-quvvatlaş, yoşlar tadbirkorligini rivojlantiriş uçun şart-şaroitlar yaratiş borasidagi işlar butunlay yangi bosqiçga çiqdi.
Fraksiya a’zolari uşbu muloqotning ahamiyatiga alohida töxtalib, uçraşuvda belgilab berilgan ustuvor vazifalar O‘zLiDeP saylovoldi dasturida belgilangan maqsad va vazifalarga uyğun va hamohang ekanligini qayd etdilar.
Yoşlar uçun manfaatli iş örinlarini yaratiş, tadbirkorlik faoliyatini moliyalaştirişga kömaklaşiş yönalişlarida tizimli iş olib boriş, yoşlar bandligi va işbilarmonligini faol qöllab-quvvatlaş, ularni tadbirkorlikka jalb qiliş uçun mikromoliyalaş xizmatlarini kengaytiriş partiya saylovoldi dasturidan örin olgan.
Munozaralar davomida fraksiya a’zolari muloqotda Prezidentimiz yoşlar tadbirkorligini rivojlantiriş böyiça belgilab bergan vazifalar, jumladan, Yoşlar tadbirkorligini rivojlantiriş jamğarmasi taşkil etilib, unga 100 million dollar mablağ ajratilganligini alohida qöllab-quvvatladilar.
Deputatlar davlatimiz rahbarining bildirgan taklif-taşabbuslari partiyaning yoşlar uçun manfaatli iş örinlarini yaratiş, yoşlar tadbirkorligini moliyalaştirişga kömaklaşiş hamda yoşlarning startap loyihalarini qöllab-quvvatlaş kabi vazifalari ijrosi uçun muhimligini qayd etdilar.
Fraksiya yiğilişida nizolarni muqobil hal etişda mediatsiya institutini rivojlantirişga qaratilgan qonun loyihasi ham muhokamalar markazida böldi.
Uşbu loyihani işlab çiqişdan közlangan asosiy maqsad — nizolarni sudgaça hal qiliş mexanizmlarining amaliyotda samarali işlaşini ta’minlaş, mediatsiya sohasining huquqiy asoslarini mustahkamlaş orqali sudlarda iş yuklamasini kamaytirişga erişişdan iborat.
Qonun loyihasi bilan mediatsiya qöllaniladigan sohalar doirasi kengaytirilmoqda. Notariuslarga “Mediatsiya töğrisida”gi Qonunda belgilangan barça turdagi sohalar böyiça mediator vazifasini amalga oşiriş vakolati berilmoqda.
Şuningdek, mediatorlarning har uç yilda malakasini oşiriş zarurati belgilanmoqda. Mediativ kelişuvni majburiy ijro etişga oid qoidalar kiritilmoqda.
Munozaralar davomida deputatlar qonun loyihasi böyiça öz fikr-mulohazalarini bildirib, undagi ayrim normalar yuzasidan partiya maqsad va vazifalaridan kelib çiqib qonun taşabbuskorlariga bir qator savollar berişdi.
Fraksiya a’zolari qonun loyihasining qabul qilinişi aholining huquq va manfaatlarini samarali himoya qiliş, sudlardagi iş hajmini maqbullaştirişga xizmat qilişini e’tiborga olib, uni qöllab-quvvatladilar.
Yiğilişda fraksiya faoliyatiga taalluqli boşqa masalalar ham körib çiqildi.