Oxirgi yetti yilda yoşlarga oid 100 dan ziyod qonun va qarorlar qabul qilinib, 200 dan ortiq imtiyozlar berildi
Bu haqida ÖzLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi taşabbusi bilan start berilgan “ÖzLiDeP yoşlari – mahallada!” loyihasi doirasidagi tarğibot tadbirida ta’kidlab ötildi.
Qibray tumanidagi “Bunyodkor” MFY da ötkazilgan tadbirida Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputatlari Dilbar Usmanova hamda Viktor Nikolayeviç Pak, partiya Toşkent viloyat Kengaşi raisining Yoşlar masalalari böyiça örinbosari, boks böyiça Olimpiya öyinlari çempioni Fazliddin Ğoyibnazarov hamda “Bunyodkor” MFY dagi faol iqtidorli yoşlar iştirok etişdi.
Tarğibot tadbirida söz olgan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Dilbar Usmanova 28 iyun kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilgan yoşlar siyosati sohasidagi işlar sarhisobi, yangi vazifa va takliflar muhokamasiga bağişlangan videoselektor yiğilişining mazmun-mohiyati xususida töxtaldi. Oxirgi yetti yilda yoşlarga oid 100 dan ziyod qonun va qarorlar qabul qilinib, 200 dan ortiq imtiyozlar berilganini qayd etdi.
Tadbir söngida deputatlar va yoşlar iştirokida “Bunyodkor” MFY da namunali faoliyat yuritib “OOO DRILLFLOT ASIA” MÇJ yuqori bosimda işlaydigan gidravlik şlanglar işlab çiqariş korxonasi hamda “Ilm ummoni” öquv markazlariga ham eksursiya taşkil etildi.