“Deputat bilan ochiq muloqot” loyihasi o‘tkaziladi
Deputat bilan ochiq muloqot onlayn shaklda 17-sentabr kuni soat 16:00da O‘zLiDePning YouTube’dagi rasmiy kanalida bo‘lib o‘tadi.
O‘zingizni qiziqtirayotgan masalalar yuzasidan O‘zLiDeP deputatlariga murojaat yo‘llashingiz mumkin.
Ochiq suhbatning navbatdagi sonida O‘zLiDePning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasining quyidagi deputatlari ishtirok etadi:
- Artiqov Baxtiyor Maxkamovich
- Xudoyarova Gulshana Berdinazarovna
- Xusanov Diyor Sheraliyevich