Öqituvçilar farzandlariga şartnoma pulidan 30 foiz çegirma beriladi
Kuni-keça davlatimiz rahbari Toşkent viloyatining Böstonliq tumaniga taşrif buyurib, öqituvçi va murabbiylar bilan muloqot qildi. Muloqot davomida öqituvçi va murabbiylar mehnatini qadrlaşga qaratilgan qator taşabbuslar ilgari surildi.
Xususan, yangi yildan boşlab kamida 15 yil stajga ega bölgan oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti boşlanğiç badalining 25 foizi qoplab beriladi. Davlat oliygohlariga öqişga kirgan pedagoglar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foiz çegirma beriladi. Öqituvçilar yangi ta’lim texnologiyalarini keng qöllaşi uçun kompyuter xaridiga 10 million sömgaça imtiyozli kredit ajratiladi.
Şuningdek, kelasi yildan pedagoglar uçun davlat xizmatlari tölovi 2 karra kamaytiriladi. Bakalavr bosqiçini imtiyozli diplom bilan bitirib, maktabga işga kirganlarga avtomatik ravişda 2-malaka toifasi, magistrlarga esa 1-malaka toifasi beriladi. Dunyodagi TOP-300 talik oliygohlarga öqişga kirgan pedagoglarga 20 ming dollargaça imtiyozli ta’lim krediti ajratiladi.
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan mazkur taşabbuslar ta’lim sifatini oşirişga, pedagoglar mehnatini munosib rağbatlantirişga, ularning ijtimoiy himoyasi va moddiy manfaatdorligini kuçaytirişga xizmat qiladi. Şuningdek, mazkur taşabbuslar ÖzLiDeP saylovoldi dasturida belgilangan maqsad vazifalar ijrosi uçun ham ğoyat muhimdir. Zotan, partiyamiz keyingi beş yillikda öqituvçilarning mehnatini qadrlaş, ularning ijtimoiy qöllab-quvvatlaş çoralarini yanada kuçaytiriş tarafdori. Muloqotda ilgari surilgan taşabbuslar ana maqsad röyobiga xizmat qiladi.