ÖzLiDeP delegatsiyasi Turkiy davlatlar taşkiloti siyosiy partiyalari konferensiyasida qatnaşdi
Şu yilning 13-16 iyun kunlari ÖzLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi raisi Aktam Xaitov boşçiligidagi partiya delegatsiyasi “Yangi Ozarbayjon” partiyasi taşabbusi bilan Şuşa şahrida taşkil etilgan “Turk davlatlari taşkiloti: zamonaviy geostrategik realliklar va global böhronlar davrida yangi strategik maqsadlar sari” mavzusidagi xalqaro konferensiyada qatnaşdi.
Anjumanda Turkiya, Ozarbayjon, Qozoğiston, Vengriyaning yetakçi siyosiy partiyalari vakillari, bir neça davlatlarning favqulodda va muxtor elçilari iştirok etişdi.
Jahon siyosatida vaziyat nihoyatda murakkablaşib bormoqda, şunday şaroitda qardoş turkiy xalqlarning yetakçi siyosiy partiyalari muammolarga birgalikda javob izlaşi muhim ahamiyat kasb etadi. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev anjuman iştirokçilariga yöllagan tabrigida ham hozirgi zamonda global kataklizmlar xalqaro munosabatlar tizimining geosiyosiy voqeliklaridan biriga aylanib ulgurganiga urğu berildi. Dunyoning turli burçaklarida etnik va diniy nizolar, siyosiy qarama-qarşiliklar, tartibsizlik hamda anarxiya holatlari közga taşlanmoqdaki, bu alohida davlatlar va umuman xalqaro xavfsizlik tizimiga jiddiy xavf tuğdirmoqda.
Turkiy davlatlar taşkilotiga kiruvçi mamlakatlarning har biri bugun dunyo siyosatida mavqei oşib borayotgan ta’sir markazlariga aylanayotir. Dunyoda özaro işonçsizlik hukm surayotgan bir davrda bunday kuçga tölgan hamda navqiron davlatlar örtasida şakllangan döstlik va birodarlikka asoslangan aloqalar xalqaro munosabatlarning yangi modeli sifatida baholanmoqda, dunyo hamjamiyati e’tiborini jalb qilmoqda. Ilhom Aliyev öz tabrigida Turkiy davlatlar taşkilotiga birlaşgan davlatlar siyosiy partiyalarining özaro manfaatli hamkorligi muştarak maqsadlarni amalga oşirişda muhim örin tutişiga işonç bildirdi.
Anjuman taşkilotçilari tomonidan tayyorlangan “Birgalikda biz katta kuçmiz!” videofilmida taşkilot doirasida amalga oşirilayotgan köp tomonlama hamkorlik tarixi oçib berildi. E’tiborli jihati, uşbu videofilmda Özbekiston Respublikasining taşkilot doirasida tutgan alohida nufuzi, davlatimiz rahbari tomonidan bildirilgan fikrlar va tavsiyalarga markaziy örinlardan biri berilgan.
Konferensiya işi “Turkiy davlatlar taşkiloti: global xavfsizlikka mintaqaviy hissa”, “Qadriyatlar hamda zamonaviylikni birlaştiriş: partiya diplomatiyasi yangi muloqot maydoni sifatida” mavzularida ikki qismdan iborat böldi. Turkiyaning “Adolat va taraqqiyot” partiyasi raisi birinçi örinbosari, Turkiya Buyuk Millat majlisi deputati E. Ala, “Yangi Ozarbayjon” partiyasi raisining örinbosari – partiya markaziy apparati rahbari T. Budagov, Ozarbayjon Milliy Majlisi deputati R. Xasan, Qozoğistonning “Amanat” partiyasi ijroiya kotibi D. Karibek, Turkiya Buyuk Millat majlisi deputati Ş. Ayrim, Ozarbayjon Respublikasi Boş vaziri örinbosari, “Yangi Ozarbayjon” partiyasi raisi örinbosari A. Axmedov, Turkiyaning “Adolat va taraqqiyot” partiyasi raisining xalqaro masalalar böyiça örinbosari, Turkiya Buyuk Millat majlisi deputati Z. Sarikaya, Vengriya parlamenti vakili, Fides partiyasi a’zosi A. Tilki va boşqalar diqqatga sazovor taklif va fikrlarni örtaga taşladilar.
Özbekiston delegatsiyasi rahbari, Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi raisi Aktam Xaitov konferensiyaning öz vaqtida ötkazilayotgani va hamma uçun dolzarb bölib turgan mavzuga bağişlanganiga alohida urğu berdi. Turkiy davlatlar taşkilotiga a’zo mamlakatlar aholisi 200 millionga qarab borayotgani hisobga olinsa, bu masalalarni hal etiş mas’uliyati salmoği yanada yaqqolroq körinişini ta’kidladi. Konferensiya doirasida kötarilayotgan muammoli masalalar Özbekiston rahbariyati, xususan, Prezident Şavkat Mirziyoyevning ham doimiy e’tiborida turgani e’tirof etildi.
Keyingi yillarda xalqaro siyosatda jiddiy notinçliklar yuz bermoqda, iqtisodiy jarayonlar, qadriyatlar tizimi, ijtimoiy-siyosiy qaraşlarda çuqur özgarişlar kuzatilmoqda. Şunday bir şaroitda aynan Turkiy davlatlar taşkiloti global xavfsizlikka munosib hissa qöşa olişi mumkin. Özbekiston taşkilotga a’zo bölgan barça davlatlar bilan strategik hamkorlik munosabatlarini örnatgani alohida aytib ötildi.
Turkiy mamlakatlar oldida turgan eng muhim vazifalar birinçi navbatda iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaşga taalluqlidir. Zamonaviy texnologiyalar, maşinasozlik, töqimaçilik, rangli metallarni qazib oliş va boşqa sohalarda davlatlarimiz örtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş, savdo-iqtisodiy munosabatlarni, özaro investitsiyalar oqimini kengaytiriş, savdo tösiqlarini bartaraf etiş, elektron tijoratni keng joriy qiliş, işbilarmon doiralar salohiyatidan yanada töliqroq foydalaniş lozim.
Bugungi global vaziyat oziq-ovqat xavfsizligi masalalarini birinçi öringa olib çiqmoqda. Albatta, uşbu yönalişdagi hamkorlikni kuçaytirişni ham davlatlarimiz e’tibor berişi kerak bölgan ustuvorliklar qatorida köramiz. Yana bir muhim yönaliş transport-tranzit salohiyatini oşirişdek strategik masala bilan boğliq. Global logistika zanjirlari va transport yölaklarini rivojlantiriş hamda diversifikatsiya qiliş, yagona transport tarmoğini şakllantiriş asosiy vazifalardan biridir. Markaziy Osiyo orqali yirik jahon bozorlari, xususan, Xitoy, Hindiston va Osiyoning boşqa mamlakatlari, şuningdek, Ozarboyjon hamda Turkiya orqali Yevropa davlatlariga çiqişni ta’minlaş muhim ahamiyat kasb etadi.
Özbekiston ekologiya böyiça hamkorlikni rivojlantirişdan manfaatdor. Iqlim özgarişi natijasida yuzaga kelayotgan muammolardan butun insoniyat aziyat çekmoqda. Bu barçamizdan keçiktirib bölmaydigan çoralar körişni talab qiladi. Turizm sohasi mamlakatlarimizni özaro yaqinlaştirişda katta salohiyatga ega. Ziyorat va madaniy meros ob’yektlariga yangi sayohat marşrutlarini işlab çiqiş yaxşi natijalar berişi mumkin. Çunki bunday tarixiy obidalar barça turkiy davlatlarda mavjud va ulardan unumli foydalaniş ham iqtisodiy, ham madaniy yaqinlaşiş nuqtai nazaridan katta imkoniyat eşigini oçadi.
Xalqlarimizning dunyo ilm-fani rivojiga qöşgan bebaho hissasi va boy madaniy merosimizni çuqur örganiş, turli tadqiqotlar ötkaziş va butun dunyoda keng tarğib etiş alohida e’tibor talab qiladi. Bugun mamlakatlarimiz örtasida ötkazilayotgan madaniyat kunlari ham özaro madaniy almaşuvda katta örin tutadi. Şu kunlarda Özbekistoning barça şahar va qişloqlarida Ozarboyjon madaniyati kunlari yuqori darajada bölib ötmoqda. Madaniyatlarimizdagi yaqinlik, ozarboyjonlik qardoşlarimizning yuksak madaniy asarlari özbek xalqida hamişa katta qiziqiş uyğotib kelgan. Hozirda bölib ötayotgan madaniyat kunlari uşbu yönalişdagi özaro ta’sirni yangi bosqiçga olib çiqdi, desak töğri böladi. Bunday almaşinuvlar turkiy xalqlar yoş avlod vakillarining özaro madaniy yaqinlaşuviga imkon beradi.
Turkiy davlatlar taşkilotiga a’zo davlatlarning hozirgi murakkab global şaroitda özaro yaqinlaşuviga xizmat qilişi mumkin bölgan yönalişlardan yana biri partiyaviy aloqalarni kuçaytirişdan iboratligi ta’kidlab ötildi. Konferensiya arafasida ikki davlatning yirik partiyalari – ÖzLiDeP va “Yangi Ozarboyjon” örtasida hamkorlik memorandumi imzolangani ayni muddao böldi. Xuddi şunday kelişuvlarni tayyorlaş borasida Turkiyaning “Adolat va taraqqiyot” partiyasi hamda Qozoğistonning “Amanat” partiyasi bilan ham hamkorlik olib borilmoqda.
Turkiy davlatlar siyosiy partiyalari bugun özaro aloqalarda yangi darajaga çiqişga tayyorligi yaqqol körinmoqdaki, bu esa köproq hamkorlik qiliş hamda tajriba almaşiş, taşkiliy masalalar böyiça özaro muhokamalar ötkaziş, turli darajadagi delegatsiyalar bilan samarali fikr almaşiş, ekspertlar uçraşuvlarini taşkil etiş, qolaversa, mintaqaviy xalqaro darajada partiyalararo muloqotni rivojlantiriş, ikkitomonlama va köptomonlama seminarlar, konferensiyalar hamda davra suhbatlari uyuştiriş, tomonlarning işbilarmon doiralari örtasida aloqalarni kuçaytiriş imkonini berişi turgan gap.
Anjumanda A. Xaitov öz nutqini Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2023 yil noyabrda bölib ötgan Turkiy davlatlar taşkiloti sammitidagi sözlari bilan yakunladi: “Öz tarixi davomida köp-köp sinovlarni boşidan keçirgan va ularga birgalikda yeçim topgan qardoş xalqlarimiz kelgusida ham buyuk işlarni amalga oşirişi şubhasiz”.
Bu kabi ulkan işlarni amalga oşirişda siyosiy partiyalarimiz ham munosib hissa qöşişlari lozim.
ÖzLiDeP matbuot xizmati