“Özbekiston – 2030” strategiyasini takomillaştiriş iqtisodiy ösiş va inson kapitalini rivojlantirişga xizmat qiladi
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi ÖzLiDeP fraksiyasi yiğilişida dastlab “Mamlakatning 2030-yilgaça möljallangan taraqqiyotining ustuvor yönalişlari doirasida islohotlarni izçil davom ettiriş va yangi bosqiçga olib çiqişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident Farmoni loyihasining ahamiyati haqida söz yuritildi.
Deputatlar yangilanayotgan “Özbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi yuzasidan öz nuqtayi nazarlarini bildirib, hozirgi kunda u keng jamoatçilik tomonidan muhokama qilinayotganini qayd etdi. Mazkur hujjatda inson huquqlari va manfaatlarini sözsiz ta’minlaş, yaqin kelajakda amalga oşirilajak islohotlarning tub maqsadlarini qamragan ustuvor yönalişlar örin egallagani ta’kidlandi.
Partiya va uning parlamentdagi fraksiyasi a’zolari Strategiya loyihasini takomillaştiriş böyiça öz takliflari, tavsiyalarini beriş bilan birga, bu jarayonga faol iştirok etişi, elektorat manfaatlaridan kelib çiqib, aniq takliflar berişi lozimligi urğulandi.
Şundan söng, fraksiya a’zolari “Qöriqlaş faoliyati takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasini körib çiqdi.
Uşbu qonun loyihasi qöriqlaş faoliyati doirasini kengaytirişni, xususan jismoniy va yuridik şaxslarning mol-mulkini, köngiloçar va quriliş obyektlarini qöriqlaşni amalga oşiriş böyiça huquqiy asoslarni belgilaşni, şuningdek, Içki işlar vazirligining uşbu sohadagi vakolatlarini aniqlaştirişni nazarda tutadi.
Loyiha bilan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga tegişli özgartirişlar kiritilib, Milliy gvardiya Qöriqlaş boş boşqarmasi mansabdor şaxslariga tegişli bölgan ma’muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni körib çiqiş va ma’muriy jazo qöllaş vakolatlari Içki işlar vazirligi huzuridagi Qöriqlaş departamenti mansabdor şaxslariga ötkazilmoqda.
Muhokamalar davomida fraksiya a’zosi Diyor Xusanov qonun loyihasining ahamiyatiga alohida töxtalib, uni takomillaştiriş böyiça öz fikr-mulohazalarini bildirdi. Şu bilan birga, loyihadagi ayrim normalar yuzasidan aniqlaştiruvçi savollar berdi.
Qonun taşabbuskorlari mazkur masala yuzasidan tuşuntirişlar berar ekan, loyihada nazarda tutilayotgan normalar qöriqlaş faoliyati sohasidagi qonunçilik bazasini yanada mustahkamlaş, huquqni qöllaş amaliyotini takomillaştiriş hamda jamoat xavfsizligi va qonuniylikni ta’minlaşga xizmat qilişini ta’kidladi.
Yiğilişda qonun loyihasi deputatlar tomonidan ma’qullandi.