Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 21-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

E'lonlar

Saylovçilar bilan muloqotlar yanada kuçaytiriladi

09.04.2026 1158
Saylovçilar bilan muloqotlar yanada kuçaytiriladi

Davlatimiz rahbarining parlament palatalarida sözlagan nutqlari, Oliy Majlis va Özbekiston xalqiga Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar bugungi kunda siyosiy partiyalar fraksiyalari faoliyati samaradorligini oşirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayni vaqtda ÖzLiDeP fraksiyasi faoliyati, deputatlarimizning işçan sa’y-harakatlari hamda qonun ijodkorligi uçun öziga xos dastur bölib xizmat qilyapti. Mamlakatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan ğoyalar va taşabbuslar fraksiyamiz faoliyatini yanada faollaştirib, yangi maqsadlarga keng yöl oçmoqda.

Fraksiyamiz 2026 yilning birinçi çoragida ham öz faoliyatini ana şunday yondaşuv asosida izçil olib bordi. Faoliyatimizda qonun ijodkorligi alohida ustuvor ahamiyat kasb etib, barqaror iqtisodiy ösişni ta’minlaş, tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş va investitsiya muhitini yanada yaxşilaşga xizmat qiluvçi hujjatlar işlab çiqişda belgilangan norma va qoidalarga qat’iy rioya etilmoqda.

Ötgan davrda fraksiyamiz taşabbusi bilan 1 ta mustaqil va 2 ta hamkorlikdagi qonun loyihasi işlab çiqilib, Qonunçilik palatasiga kiritildi. Xususan, bir guruh deputatlarimiz tomonidan qonunçilik taşabbusi huquqi asosida kiritilib, qabul qilingan “Özbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonun jamiyatda huquqiy tartibotni mustahkamlaş, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlaş, axborot makonida odob-axloq me’yorlariga rioya etilişini kuçaytiriş, fuqarolarning şa’ni va qadr-qimmatini himoya qilişga xizmat qiladi.

Şuningdek, qabul qilingan hujjatlarni tayyorlaşda tadbirkorlar va işbilarmonlarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, faoliyat yuritişlari uçun qulay şaroit yaratiş va ortiqça tösiqlarni bartaraf etişga alohida ahamiyat berildi. Qolaversa, iqtisodiy va ma’muriy sudlarga murojaat qiliş tartibini soddalaştiriş, suğurta bozoriga işonçni oşiriş va tadbirkorlik sub’yektlari uçun tartibga soliş yukini kamaytirişga qaratilgan muhim qonunlar qabul qilindi.

Bularning barçasi, avvalo, inson qadri uçun xizmat qilmoqda, odamlarimizning muşkulini oson qilib, jamiyatda adolatni ta’minlamoqda. Bu esa, davlatimiz rahbarining qonun qabul qilindimi, u, albatta, işlaşi kerak va odamlar hayotida sezilarli özgariş bölişi lozim, degan fikrlari hayotda öz ifodasini topayotganidan dalolat beradi.

Fraksiya faoliyatida parlament nazorati ham muhim örin tutdi. Dolzarb masalalar yuzasidan mansabdor şaxslarning axborotlarini eşitiş, ular faoliyati ustidan ta’sirçan nazoratni amalga oşiriş böyiça qator işlar amalga oşirildi. Jumladan, fraksiyamiz taşabbusi bölib ötgan “Hukumat soati”da mamlakatimizda investitsiya faoliyatini rivojlantiriş holati, investorlar uçun yaratilgan şart-şaroitlar hamda hududlarda sanoat loyihalarini amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.

Şu bilan birga, transport va logistika sohasida amalga oşirilayotgan işlar, xususan, temir yöl infratuzilmasini rivojlantiriş va yuk taşiş xizmatlarini takomillaştiriş masalalari ham diqqat markazimizda turibdi. Bunday amaliy nazorat tadbirlari mamlakat iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlaş, taşqi bozorlardagi özgarişlar ta’sirini yumşatişda muhim ahamiyat kasb etadi.

Saylovçilarning huquq va manfaatlarini ta’minlaş maqsadida joylarda ötkazilgan nazorat-tahlil tadbirlari, saylov okruglaridagi örganişlar davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etiş maqsadida davlat boşqaruvi organlari rahbarlariga 10 ta deputat sörovi yuborildi. Natijada ularni tezkor hal etiş, mas’ul idoralar faoliyatiga aniqlik kiritiş hamda ijro intizomini kuçaytirişga erişildi.

Mamlakatimizda amalga oşirilayotgan tarixiy islohotlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatçilikka yetkaziş, aholini qiynayotgan masalalarni oçiq muhokama qiliş va amaliy yeçim işlab çiqişga qaratilgan tadbirlar muntazam taşkil etildi. Yangi va zamonaviy muloqot formatlaridan foydalanildi.

Mamlakatni 2026 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini örganiş maqsadida fraksiya a’zolari Qonunçilik palatasi guruhlari tarkibida joylarga çiqib, örganiş işlarini olib bordi. Qabul qilingan qaror va dasturlarning joylarda qanday amalga oşirilayotgani, ularning samaradorligi va aholi hayotiga ta’siri çuqur tahlil qilindi.

Prezidentimiz raisligida ötgan yiğilişlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlaş maqsadida işçi guruhlar şakllantirilib, Qaşqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Buxoro viloyatlari hamda Toşkent şahrida keng kölamli örganişlarni amalga oşirdi. Uşbu uçraşuvlarda 1 400 dan ortiq iştirokçi qamrab olindi. Örganişlar davomida sanoat korxonalari, eksportga yönaltirilgan işlab çiqariş ob’yektlari, xizmat körsatiş sohasi, xorijiy investitsiyalar iştirokidagi korxonalar, iqtisodiy va sanoat zonalari faoliyati bilan tanişildi.

Oçiq muloqotlar jarayonida tadbirkor, fermer, xizmat körsatiş sohasi vakillari, yoşlar hamda mutasaddi rahbarlar tomonidan bir qator takliflar ilgari surildi. Infratuzilma, moliyaviy resurslar, eksport jarayonlaridagi tösiqlar, kadrlar tayyorlaş va xizmat körsatiş sifatini oşiriş masalalari muhokama qilindi. E’tiborli jihati şundaki, bu jarayonlarga partiyaning hududiy taşkilotlari va mahalliy Kyengaşlardagi guruhlari ham faol jalb etildi. Ular bilan hamkorlikda joylardagi mavjud holat har tomonlama örganilib, elektoratni öylantirayotgan muammolar aniqlandi va hal etiş böyiça aniq çora-tadbirlar belgilandi.

Fraksiyamiz faoliyatida partiyaning Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalar ijrosi ham muhim örin egalladi. Kambağallikni qisqartiriş, aholi bandligini ta’minlaş, tadbirkorlikni rivojlantiriş, suv tejovçi texnologiyalarni joriy etiş, davlat-xususiy şeriklikni kengaytiriş kabi ustuvor yönalişlarda aniq çora-tadbirlar amalga oşirildi. Jumladan, “soliq – mahalla taraqqiyoti garovi” tamoyili asosida minglab mahallalarda tarğibot işlari olib borildi. Fermer va dehqonlar bilan yuzlab uçraşuv taşkil etilib, muammolari örganilib, amaliy yordam berildi. “Taşabbusli byudjet” doirasida esa aholi manfaatlariga daxldor 60 ta loyiha tanlab olinib, amalga oşiriş çoralari körilmoqda.

Mamlakatimiz Prezidentining fevral oyida yoşlar bilan uçraşuvida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib çiqqan holda, yoşlarni qöllab-quvvatlaş, axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, raqamli iqtisodiyot yönalişlaridagi loyihalarini qöllab-quvvatlaş, moliyalaştiriş va mentorlik asosida rivojlantiriş e’tibor markazimizda turibdi.

ÖzLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi ham Yangi Özbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy siyosatni yanada kuçaytiriş, ayniqsa, kam ta’minlangan aholini qöllab-quvvatlaş va inson qadrini uluğlaşga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Uşbu dastur davomida “mahalla yettiligi” hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari bilan hamkorlikda ehtiyojmand oilalarni aniqlaş va ularni qöllab-quvvatlaşning samarali tizimi yaratiladi.

Şu örinda fraksiyamiz a’zolari xalqaro parlament platformalarida faol iştirok etayotganini ham alohida qayd etiş joiz. Xususan, 3 aprel kuni Buxoro şahrida ötkazilgan Özbekiston va Qozoğiston parlamentlari örtasidagi Parlamentlararo hamkorlik kengaşining navbatdagi yiğilişida fraksiyamiz a’zolari ikki davlat örtasidagi strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş, savdo-iqtisodiy, qişloq xöjaligi, raqamlaştiriş va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni qonunçilik jihatdan qöllab-quvvatlaş masalalari yuzasidan öz taklif va taşabbuslarini ilgari surdi. Bu esa parlamentlararo muloqotlarni yangi bosqiçga olib çiqiş, davlat rahbarlari darajasida erişilgan kelişuvlarning samarali ijrosini ta’minlaşda fraksiyaning faol iştirokini yaqqol namoyon etmoqda.

Albatta, erişilgan natijalar bilan birga, oldimizda turgan muhim vazifalar ham bor. Kyelgusida ham yurtimiz taraqqiyoti yölida faol iştirok etib, xalqimiz işonçini oqlaşga, avvalo, tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaşga, saylovçilar bilan muloqotni yanada kuçaytirişga, davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan dolzarb vazifalar ijrosi ustidan doimiy parlament nazoratini olib borişga alohida e’tibor qaratamiz.

 Aktam XAITOV,

Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi

ÖzLiDeP fraksiyasi rahbari.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?