Sud muhokamalarida masofadan iştirok etiş imkoniyati yaratiladi
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi yiğilişida dastlab “Özbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof – muhitni asraş” va “yaşil iqtisodiyot” yilida amalga oşiriş böyiça Davlat dasturi loyihasi muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, Davlat dasturi loyihasida partiya maqsad va vazifalariga hamohang bölgan muhim vazifalar örin olgan. Jumladan, mamlakat iqtisodiyotini yangi sifat bosqiçiga olib çiqiş uçun iqtisodiy ösişni kamida 6 foiz darajada ta’minlaş, eksport salohiyatini örganib, tadbirkorlar bilan “korxonabay” işlarni taşkil qiliş va mahalliy mahsulotlarning eksport geografiyasini kengaytiriş belgilab qöyilgan.
Deputatlar Davlat dasturi mamlakatimiz barqarorligi, aholi farovonligini kafolatlaşga xizmat qiladigan muhim strategik hujjat ekanligini, undagi har bir vazifa xalqimiz hayotini yanada farovonlaştiriş, mamlakatimiz salohiyatini oşirişga yönaltirilganini ta’kidlab ötdilar.
Uşbu dasturiy hujjatda nazarda tutilgan atrof-muhitni asraş va “yaşil iqtisodiyot” borasidagi vazifalar partiyaning saylovoldi dasturidan örin olgan köplab taşabbuslar va ğoyalar bilan muştarakligi, undagi çora-tadbirlar partiya elektorati manfaatlariga uyğunligi e’tirof etildi.
Deputatlar Dastur loyihasi mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida öz munosabatlari, taklif va tavsiyalarini bildirdi. Dastur loyihasi muhokamasida O‘zLiDeP va uning Qonunçilik palatasidagi fraksiyasi, partiyaning hududiy kengaşlari, mahalliy kengaşlar deputatlari, barça faollari öz takliflari, tavsiyalarini beriş bilan birga, bu jarayonga faol va taşabbuskor iştirok etişi lozimligini ta’kidladi.
Şundan söng, deputatlar tadbirkorlik subyektlari aynan bir huquqbuzarlik uçun bir neça marotaba javobgarlikka tortilişining oldini olişga qaratilgan qonun loyihasini ikkinçi öqişda körib çiqdilar.
Uşbu qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi va Soliq kodekslariga şaxsning sodir etgan aynan bir huquqbuzarlik uçun bir marotaba javobgarlikka tortilişini ta’minlaş va soliq ma’muriyatçiligining yanada takomillaştirilişiga qaratilgan tegişli özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda.
Munozaralar davomida fraksiya a’zolari qonun loyihasi yuzasidan öz fikrlarini bildirib, uni ikkinçi öqişga tayyorlaş jarayonida deputatlar tomonidan berilgan takliflar e’tiborga olingani va hujjat matnida aks etganligini qayd etdilar.
Deputatlarning fikriça, qonun loyihasining qabul qilinişi soliqqa oid huquqbuzarliklar uçun javobgarlikni liberallaştiriş, ortiqça ovoragarçiliklarning oldini oliş, tadbirkorlik subyektlari oldidagi majburiyatlarni kamaytiriş, ularning aylanma mablağlarini biznesni rivojlantirişga yönaltirişga xizmat qiladi.
Yiğilişda aholiga sud muhokamalarida masofadan iştirok etiş uçun yanada qulay şaroitlar yaratişga qaratilgan qonun loyihasi ham muhokamalar markazida böldi.
Fraksiya a’zosi Dilmurod Artiqov qonun loyihasi yuzasidan öz munosabatini bildirib, loyiha bilan Özbekiston Respublikasining Fuqarolik, Iqtisodiy protsessual hamda Ma’muriy sud işlarini yuritiş töğrisidagi kodekslariga aholiga sud muhokamalarida masofadan turib iştirok etişning huquqiy asoslarini yaratişni nazarda tutuvçi özgartirişlar kiritilayotganini qayd etdi. Ya’ni, u bilan sud majlislarida sud binosiga kelmasdan masofadan turib mobil videokonferensaloqa rejimida iştirok etişning protsessual asosi va tartibi belgilanmoqda.
Deputatlar qonun loyihasining qabul qilinişi aholining sud majlislarida qatnaşiş uçun sud binolariga kelişlari bilan boğliq ovoragarçiliklarining oldini oliş, odil sudlovga erişiş darajasini oşirişga xizmat qilişini e’tiborga olib, uni qöllab-quvvatladilar.
Yiğilişda fraksiya faoliyatiga taalluqli boşqa masalalar ham körib çiqildi va ma’qullandi.