Tadbirkorlarga 1-noyabrga qadar “amnistiya” e’lon qilindi
Davlatimiz rahbari tadbirkorlar bilan muloqotda tadbirkorlarga “amnistiya” e’lon qildi. Ya’ni 1-noyabrga qadar barça xato va kamçiliklarni ixtiyoriy ravişda töğrilaş imkoni beriladi. Bu çoralar natijasida minglab tadbirkorlar öz biznes reytingini “toza sahifadan” boşlab, yangi bosqiçga çiqiş imkoniyatiga ega böladilar.
Şuningdek, muloqotda Prezidentimiz soliq siyosati va ma’murçiligini soddalaştirişga masalasiga ham alohida e’tibor qaratdi. Xususan, foyda soliği böyiça avans tölovi endi yillik aylanmasi 20 milliard sömdan yuqori bölgan korxonalargagina tatbiq etilişi belgilandi. Bu esa 14 mingga yaqin tadbirkorning ixtiyorida qöşimça 1 trillion söm aylanma mablağ qolişiga zamin yaratadi.
O‘zLiDeP saylovoldi dasturida ham tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş, soliq ma’murçiligini soddalaştiriş va biznes uçun qulay şaroit yaratiş ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan. Şu boisdan davlatimiz rahbarining mazkur taşabbuslari partiyamiz dasturidagi maqsad va ğoyalarini amalga oşişida muhim ahamiyat kasb etadi.