Tarixiy natijalar va yangi xalqçil taşabbuslar
Namangan şahrida 17 sentyabr kuni “Kambağallikdan farovonlik sari” III xalqaro forumi boşlandi. Anjumanning oçilişida Prezidentimiz iştirok etib, nutq sözladi. Uşbu tadbirda men ham qatnaşdim.
Davlatimiz rahbari dunyoda kuzatilayotgan geosiyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy beqarorlik, iqlim özgarişlari ta’sirida global iqtisodiy ösiş sekinlaşgani, oqibatda kambağal aholi soni oşganiga e’tibor qaratdi. Ammo şunday murakkab davrda mamlakatimizda amalga oşirilayotgan izçil islohotlar tufayli 7,5 million aholi kambağallikdan çiqarilib, 2024 yilda bu körsatkiç 8,9 foizga tuşirildi. Yil yakunigaça kambağallik darajasini 6 foizgaça kamaytiriş maqsad qilingan.
Ötgan davrda mamlakatimiz iqtisodiyoti 2 karra ösdi. Joriy yil yakuni bilan aholi jon boşiga daromad 3,5 ming dollarga yetişi kutilmoqda. Yangi taşabbus va tajribalarni sinovdan ötkazib, dunyodagi ijobiy yutuqlarni örganib, kambağallikni qisqartiriş böyiça Yangi Özbekiston modeli yaratildi.
Avvalo, manzilli ijtimoiy daftarlar joriy etilib, barça ehtiyojmand oilalar qamrab olindi. Pandemiya davrida bepul dori-darmon, ijtimoiy nafaqalar uçun jami 8 milliard dollarlik mablağ va imtiyozlar berildi. Qişloq aholisini daromadli qiliş uçun 235 ming gektar paxta va ğalla maydoni qisqartirilib, odamlarga 30-50 sotixdan ajratib berildi. Bu 800 ming insonning daromadini oşirişda muhim qadam böldi.
Davlatimiz rahbari uşbu islohotlarni kelgusi yillarda ham izçil davom ettiriş borasida yangi taşabbuslarni ilgari surdi. Xususan, Kambağallikni qisqartiriş böyiça taşabbuslar doirasida avvalo kambağal oila farzandlarini maktabgaça ta’limga töliq qamrab oliş, xorijiy til va kasb-hunar örganiş xarajatlarining katta qismini qoplaş közda tutilmoqda. Kasbga tayyorlaş xalqaro markazlari taşkil qilinib, ularning bitiruvçilariga xorijda e’tirof etiladigan sertifikatlar beriladi. Xotin-qizlar uçun foizsiz kredit, magistraturada bepul ta’lim, “Raqamli avlod qizlari” dasturi orqali IT sohasiga 50 ming qiz jalb etilişi belgilangan.
Şu bilan birga, kambağal oilalarni tibbiy xizmatlar bilan qamrab oliş, bepul dori va kafolatlangan xizmatlar paketini taqdim etiş yölga qöyiladi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi va “Inson” markazlari orqali aholiga yuzdan ortiq xizmat körsatiladi. Mintaqalarda infratuzilmani yaxşilaş uçun milliardlab dollarlik loyihalar amalga oşirilib, yöl, suv va boğça qurilişi, iş örinlari yaratilişiga e’tibor qaratiladi.
Bir söz bilan aytganda, oxirgi sakkiz yilda mamlakatimizda kambağallikka qarşi kuraşiş davlat siyosati darajasiga kötarildi va bu kelgusi yillarda ham izçil davom ettiriladi. Barça sa’y-harakatlar har bir inson, ayniqsa, yoşlar va xotin-qizlarga öz salohiyatini töliq namoyon etişi uçun şaroit yaratmoqda. Bu esa odamlarimizning davlatdan rozi bölib yaşaşiga xizmat qilmoqda.
Aktam XAITOV,
O‘zLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi raisi