ÖzLiDeP yetakçisi jizzaxlik yoşlar bilan uçraşdi
Avval xabar berganimizdek, ÖzLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi raisi, partiya fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov boşçiligidagi işçi guruh Jizzax viloyatidagi saylovçilar bilan uçraşuvlar ötkazmoqda.
Jizzaxdagi uraşuvlar yoşlar bilan oçiq muloqotdan boşlandi. Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bölimi majlislar zalida taşkil etilgan uçraşuv tom ma’noda oçiq va samimiy muloqotga aylanib ketdi.
– Partiyamiz yoşlar uçun manfaatli iş örinlarini yaratiş, tadbirkorlik faoliyatini moliyalaştirişga kömaklaşiş yönalişlarida tizimli işlar olib borildi, – dedi partiya yetakçisi. – Yoşlarni hunar va zamonaviy kasblarga, xorijiy tillarga öqitiş, ma’naviyatini yuksaltiriş, kitobxonligini oşiriş, ijtimoiy qöllab-quvvatlaş hamda “IT” sohasi va sportga keng jalb etiş borasida puxta işlangan rejalarni amalga oşiramiz.
Oçiq muloqot davomida yoşlar tomonidan bildirilgan taklif-taşabbuslar, muammolar tahlil qilinib, partiya fraksiyasi va tegişli vazirlik orqali ijobiy hal qiliş böyiça vazifalar belgilab olindi.