Özbek va qirğiz xalqlarining azaliy döstligi yangi bosqiçga kötarildi
Döstlik —qudratli kuç. Uning mohiyatini bir-biriga döst va qardoş hisoblagan qirğiz va özbek xalqlari juda yaxşi anglaşadi. Çunki, bu ikki xalq bunday qadrdon riştalarni azaldan boğlagan bölib, bugungi kunda uning bardavom ekani Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning Özbekistonga taşrifi doirasida yana bir bor namoyon böldi
. Binobarin, tili, dini, qaraşlari, urf-odatlari hamda kuy-qöşiğiyu, liboslarigaça bir-biriga öxşaş ikki xalq yon qöşni bölib, muammolarni birgalikda hal etişga kelişib olişmoqda.
Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev taklifi bilan yurtimizga kelgan Qirğiz Prezidenti Sadir Japarov uzoq muddatli istiqbolga möljallangan köp qirrali hamkorlikni tubdan kengaytiriş uçun yaxşi zamin yaratilganini alohida ta’kidladi. Keng qamrovli strategik şeriklik munosabatlarini yanada çuqurlaştiriş va kengaytiriş töğrisida Qöşma bayonot imzolanişi ikki tomonlama munosabatlarni yanada yuqori darajaga olib çiqişga şak-şubha yöq.
Eng quvonarli jihati şundaki, tovar ayirboşlaş hajmi yaqin yillarda 2 milliard dollarga yetkaziladi. Bu degani biz özimizdagini qirğiz birodarlarimizga ilinsak, ular bizda yöq mahsulotlarni bizga tortiq etadi.Bu hamkorlik yaqin qöşniçilikning eng uluğ fazilatidir. Yana bir masalaga e’tibor qaratigan bölsak, strategik ahamiyatga ega mintaqaviy loyihalar, jumladan, "Xitoy - Qirğiziston - Özbekiston" temir yöli va Qambarota GES-1 qurilişini tez fursatda amalga oşiriş masalalariga ustuvor e’tibor qaratildi. Buyam ikki davlat xalqlari uçun juda muhim masala bölib, bitimning imzolanişidan ikkala tomon ham teng manfaatdor.Ma’lumki, Özbekiston ham Qirğiziston ham bir qator xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarga a’zo.
Jumladan, uçraşuvda BMT, ŞHT, Turkiy davlatlar taşkiloti, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uçraşuvi va boşqa köp tomonlama maydonlar doirasida yaqin hamkorlikni davom ettirilişi aytildi. Tovar ayirboşlaş hajmini köpaytiriş, eng avvalo, import örnini bosiş dasturlari va kooperatsiya loyihalarini qöllab-quvvatlaş böyiça aniq çora-tadbirlar muhokama qilindi.
Sanoat kooperatsiyasi doirasidagi joriy loyihalar portfeli 300 million dollarga yetgani ta’kidlandi. Kuni keça bölib ötgan biznes forumi doirasida energetika, logistika, elektrotexnika, töqimaçilik, agrosanoat va boşqa tarmoqlarda savdo şartnomalari va investitsiya bitimlarining yangi töplami qabul qilindi. Bunday loyihalarni ilgari suriş uçun Özbekiston-Qirğiziston jamğarmasining ustav kapitali 200 million dollargaça oşiriladi.
“Xitoy - Qirğiziston – Özbekiston” temir yölini quriş böyiça strategik loyiha töğrisidagi uç tomonlama bitim imzolangani bu borada tarixiy voqea böldi. Madaniyat, yoşlar, turizm, ta’lim, fan va sport sohalarida faol almaşinuvlar davom ettiriladi.
Bularning hammasi biz uçun juda quvonçli voqea. Çunki biz qöşni davlatlar bilan qançalik inoq bölsak, bir-birimizdan yordamimizni ayamasak, yaxşi va taşvişli kunlarda unutmasak, albatta, bunday hamkorlik özining ijobiy samaralarini beradi. Qirğiziston va Özbekiston yetakçilarining oliy darajadagi uçraşuvi ham ikki xalq istiqboli va taraqqiyoti yölida taşlangan muhim qadam bölişiga şak-şubha yöq.
Dilbar Usmonova,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati,
ÖzLiDeP fraksiyasi a’zosi.