Yer uçastkalaridan foydalaniş tartibiga qanday özgartirişlar kiritilmoqda?
2024-yil 12-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi tomonidan Agrar va suv xöjaligi masalalari qömitasi bilan hamkorlikda yer uçastkalaridan foydalaniş tartibini yanada takomillaştirişga qaratilgan qonun loyihasi muhokamasiga bağişlangan yiğiliş ötkazildi.
Mazkur qonun loyihasi davlatimiz rahbarining 2020-yil 3-dekabrdagi Farmoni ijrosini ta’minlaş va yer uçastkalaridan foydalaniş tartibini yanada takomillaştiriş maqsadida işlab çiqilgan. U bilan ayrim qonun hujjatlariga yer uçastkalaridan ruxsat etilgan foydalaniş turlarini joriy etişni nazarda tutuvçi özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda.
Şuningdek, Yer kodeksi alohida bob bilan töldirilib, unda yer uçastkalaridan ruxsat etilgan foydalaniş tizimini joriy etiş, ularni belgilaş va özgartiriş tartiblari aks etyapti. Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga esa fuqarolar tomonidan köçmas mulkka bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkazişni amalga oşiruvçi organga turar joyga bölgan huquqni davlat röyxatidan ötkaziş uçun öz vaqtida murojaat etmaganlik uçun jarimalarni yengillaştirişni nazarda tutuvçi qöşimça norma kiritilmoqda.
Munozaralar davomida deputatlar qonun loyihasining mohiyatiga alohida töxtalib ötdilar. Xususan, O‘zLiDeP saylovoldi dasturida kiçik sanoat zonalarida investitsiya majburiyatini bajargan tadbirkorlarga yer uçastkalarini xususiylaştirişga ruxsat berişning qonuniy asoslarini yaratiş ustuvor vazifa sifatida belgilangani qayd etilib, qonun loyihasida nazarda tutilayotgan yangiliklar uşbu maqsadlarga uyğun va hamohang ekani ta’kidlandi.
Muhokamalarda qonun loyihasini yanada takomillaştiriş, pişiq-puxta holatga keltiriş böyiça takliflar ilgari surildi. Xususan, deputat Saydullo Azimov qonun loyihasining 682-moddasi böyiça aniqlaştiruvçi savollarni kötargan bölsa, deputat Şahnoza Xolmaxamatova bugungi kunda yer uçastkalaridan foydalaniş böyiça yuzaga kelayotgan ayrim muammolarning yeçimi yuzasidan mazkur qonun loyihasida qanday yangi normalar kiritilayotgani bilan qiziqdi.
Qonun taşabbuskorlari kötarilgan masalalar yuzasidan atrofliça tuşuntiriş berib ötdilar.
Yiğilişda deputatlar tomonidan kötarilgan barça takliflar mas’ul qömita va işçi guruh a’zolari tomonidan çuqur tahlil qilinişi va qonun loyihasini ikkinçi öqişga tayyorlaş jarayonida e’tiborga olinişi ta’kidlandi.