Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 23-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

E'lonlar

“Özbekistonda inklyuziv ta’lim tizimi va uning istiqbollari” mavzusida davra suhbati ötkazildi

24.02.2025 435
“Özbekistonda inklyuziv ta’lim tizimi va uning istiqbollari” mavzusida davra suhbati ötkazildi

Özbekiston davlat jahon tillari universitetida O‘zLiDeP tomonidan amalga oşirilayotgan “Inklyuziv jamiyat sari” loyihasi doirasida “Özbekistonda inklyuziv ta’lim tizimi va uning istiqbollari” mavzusidagi örganişlar muhokamasi va amaliy davra suhbati taşkil etildi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolari, mahalliy Kengaşlar deputatlari va partiya faollari, mutasaddi vazirlik va idoralar vakillari, mutaxassis-ekspertlar, universitet professor-öqituvçilari hamda talabalari, OAV vakillari iştirok etdilar.

Loyiha nogironligi bor şaxslar uçun tösiqsiz va xavfsiz harakat, iqtisodiy va huquqiy imkoniyatlar yaratiş, ijtimoiy tenglik, inklyuziv ta’lim, ularning bandligi kabi masalalarini öz içiga oladi.

Tadbirda O‘zLiDePning “5 maqsad, 500 vazifa” dasturida belgilangan nogironligi bölgan şaxslar uçun maxsus dasturlar va ijtimoiy yordamlar, jumladan ta’lim va kasbiy qayta tayyorlaş böyiça xizmatlarni kengaytiriş, ular uçun moslaşuv va qulayliklar, şu jumladan infratuzilmani nogironligi bölgan şaxslar uçun moslaştiriş, jamoat joylari, transport va davlat xizmatlariga kiriş imkoniyatini yaxşilaş uçun qulay şaroitlar yaratiş, inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirişning normativ-huquqiy asoslarini yanada takomillaştiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Şuningdek, umumiy örta ta’lim maktablari, kasb-hunar bilim yurtlari, oliy ta’lim muassasalarida imkoniyati çeklangan xotin-qizlarning bevosita uzluksiz ta’lim olişida yaqindan kömaklaşiş; ta’lim muassasalarida “O‘zLiDePçi madadkor” köngilli yoşlar klublarini taşkil etiş va mazkur klublar saflarida birlaşgan yoşlarni imkoniyati çeklangan tengdoş döstlarini ma’nan qöllab-quvvatlaş, ularga zaruriy insonparvarlik yordamlarini körsatişga çaqiriş kabi masalalar ham kun tartibidan örin oldi.

Tadbir davomida O‘zLiDeP ğoyalariga hayrixohbölgan talabalar va uztozlarga a’zolik guvohnomalari tantanali ravişda topşirildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?