Asosiy kontentga o‘tish
Juma 30-oktyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

«Iftixor» mahallasida aholi farovonligi va infratuzilma holati o‘rganildi

30.10.2026
84

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov Farg‘ona viloyatiga aholi bilan muloqotlari davomida Farg‘ona shahridagi «Iftixor» mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. O‘rganish jarayonida mahalla yettiligi, nuroniylar va partiya faollari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Bugungi kunda «Iftixor» mahallasida 6 089 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan 3 152 nafari xotin-qizlar, 2 937 nafari yoshlardir. Mahallada aholi bandligini ta’minlash, o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlarini kengaytirish va ishsizlikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi. Aktam Xaitov hududda bu yo‘nalishda shakllangan ijobiy tajriba bilan tanishdi.

Shuningdek, mahalla infratuzilmasi holati ham o‘rganildi. Hududdagi 19 ta ko‘chaning barchasi asfaltlangan va tungi yoritish chiroqlari bilan ta’minlangan. «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida boshlangan ishlar, mahalla yettiligi va faollarning obodonlashtirish jarayonidagi ishtiroki ham qayd etildi.

Uchrashuvda O‘zLiDePning "Xalq bilan birga» dasturi doirasida belgilangan vazifalar, aholi murojaatlari bilan ishlash, mahallalardagi mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularga amaliy yechim topish masalalari muhokama qilindi. Partiya rahbari mahalla ahlining taklif va mulohazalarini tinglab, aholi farovonligini ta’minlashda mahalla yettiligi bilan hamkorlikni kuchaytirish muhimligini ta’kidladi.

O‘rganish yakunida hududdagi ijobiy tajribani ommalashtirish, aholi bandligini yanada oshirish, infratuzilmani rivojlantirish va obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?