“Mahallaning ishbilarmon ayoli” — xotin-qizlar imkoniyatlarini kengaytirmoqda
“Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Qoraqalpog‘istonning chekka hududlaridan biri — “Qoraqalpog‘iston” posyolkasida “Mahallaning ishbilarmon ayoli” tanlovining mahalla bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Yigirma nafarga yaqin tadbirkor ishtirok etgan tanlovda Sulыo‘xan Berdanova va Juldыzay Izbasarova tanlovning keyingi bosqichiga yo‘llanma olishdi.
Ta’kidlash kerak, S.Berdanova rahbarlik qilayotgan “Suliw Yasinur” korxonasi 2022 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda bir nechta yo‘nalishda ish yuritmoqda. Korxonada 25 nafardan ortiq xotin-qiz doimiy ish bilan ta’minlangan. J. Izbasarova esa qandolatchilik sohasida 27 turdagi mahsulot ishlab chiqarib, 5 nafar ayolni doimiy ish bilan ta’minlagan.
Tanlov ishtirokchilari O'zLiDePning ushbu tashabbusi orqali tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qilayotganini e’tirof etishmoqda.