Asosiy kontentga o‘tish
Juma 14-avgust 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP sayyor qabulida “Oltinko‘l” ovulidagi 25 xonadonning ichimlik suvi muammosi hal etildi

13.08.2026
93

Qonliko‘l tumanidagi chekka hududlardan biri bo‘lgan “Oltinko‘l” ovulida ko‘p yillardan buyon aholini qiynab kelayotgan ichimlik suvi muammosiga amaliy yechim topildi.

Mazkur muammo O‘zLiDeP fraksiya a’zosi Guljan Xalmuratova tomonidan o‘rganilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etildi.

Olib borilgan ishlar natijasida Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi moliyaviy ko‘magi bilan mahalladagi 25 ta xonadon toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi. Bu esa aholi turmush sharoitini yaxshilash va uzoq yillik muammoni bartaraf etishda muhim qadam bo‘ldi.

Uchrashuvlar davomida mahallada infratuzilmani rivojlantirish, bandlikni ta’minlash va obodonlashtirish masalalari ham muhokama qilindi. Deputatning kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalar holidan xabar olishi esa inson qadrini ulug‘lash va xalq manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etayotganini yana bir bor namoyon etdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?