O‘zLiDeP sayyor qabulida Muborak Jumaniyazovaga tikuv maşinasi olib berildi
Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanida “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida taşkil etilgan sayyor qabul aholi muammolarini joyida hal etişga xizmat qildi. Tadbirda 264 nafar iştirokçi qatnaşib, 178 ga yaqin murojaat qabul qilindi. Ularning yarmidan ortiği joyida hal etilgan bölsa, 45 ta murojaat böyiça huquqiy tuşuntirişlar berildi.
Sayyor qabulda bandlik, uy-joy, kommunal xizmatlar kabi dolzarb masalalar kötarildi. Amaliy natija sifatida 5 nafar ijtimoiy reyestrdagi fuqaro iş bilan ta’minlandi, yana 5 nafarga maişiy texnika vositalari yetkazib berildi. Şuningdek, ayollar va yoşlarni tadbirkorlikka jalb etiş, ularni kasb-hunarga örgatiş böyiça muhim taşabbuslar ilgari surildi.
– Bolaligimdan tikuvçilikka qiziqardim, – deydi “Saidlar” mahallasida yaşovçi Muborak Jumaniyazova. – Ammo tikuv maşinasi sotib oliş imkoniyatiga ega emas edim. Bugungi sayyor qabulda mutasaddilardan tikuv maşinasi sörab murojaat qildim. Murojaatim ijobiy hal qilinganidan xursandman.
Bu kabi uçraşuvlar “Xalq bilan birga” dasturining amaldagi samarasini yaqqol körsatmoqda. Fuqarolarning muammolari tinglanib, qisqa muddatda yeçim topayotgani esa aholining öz kelajagiga bölgan işonçini mustahkamlamoqda. Bunday sayyor qabullarni izçil davom ettiriş esa inson qadrini ta’minlaş va farovonlikni oşirişga xizmat qiladi.