Payshanba 31-Oktyabr 2024-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

1 gektar yerdan olinadigan o‘rtacha daromadni 5 ming dollarga yetkazish O‘zLiDePning ustuvor vazifasidir

25.10.2024
45

O‘zLiDeP yetakchisi Aktam Xaitov Jizzax viloyatdagi “BMB HOLDING” boshqaruv ofisi majlislar zalida taniqli tadbirkorlar va fermerlar hamda partiya faollari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ta’kidlanganidek, O‘zLiDeP O‘zbekistonni tadbirkorlar mamalakatiga aylantirish, tadbirkorlar faoliyatiga har qanday noqonuniy usulda aralashganlik uchun davlat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligini kuchaytirish, “Tadbirkorlik kodeksi” qabul qilinishini tezlashtirish kabi vazifalarni saylovoldi dasturining ustuvor vazifasi sifatida belgilagan.

Shuningdek, O‘zbekistonni mintaqaviy “to‘qimachilik xabi”ga aylantirish uchun sohadagi tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligida 1 gektar yerdan olinadigan o‘rtacha daromadni 5 ming dollarga yetkazish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish, fermer va dehqonlarga imtiyozli kreditlar ajratish, ularning qaytarish muddatlarini mavsumiylikdan kelib chiqiqan holda belgilash kabi dolzarb vazifalar haqida so‘z yuritildi.

Uchrashuvda elektorat vakillari ham so‘zga chiqib, partiyaning yangi saylovoldi dasturi yurtimizda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tishdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?