153 mingdan ortiq sinf rahbarlari uçun tölanadigan mablağ miqdorini köpaytiriş taklif etilmoqda
Navoiy Davlat Konçilik va Texnologiyalar universitetida Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatligiga hamda mahalliy Kengaşlar deputatligiga O‘zLiDePdan körsatilgan nomzodlarning yoş saylovçilar bilan uçraşuvi bölib ötdi.
Uçraşuvda Qonunçilik palatasi deputatligiga 19-Navoiy saylov okrugidan nomzod Aziza Aminova, O‘zLiDePdan Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga partiya ruyxatiga kiritilgan nomzod –Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Aqşagul Tulegenova hamda Xalq deputatlari viloyat va şahar Kengaşlari deputatligiga nomzodlar hamda talaba-yoşlar iştirok etdilar.
Deputatlikka nomzodlar yiğilganlarni partiyaning saylovoldi dasturi bilan taniştirar ekan, partiyaning 5 maqsad 500 vazifa doirasida kelgusi beş yilda amalga oşiriladigan işlari haqida atrofliça ma’lumotlar berib ötdilar.
Tarğibot tadbirida saylovçilarni bölajak saylovda O‘zLiDePni qöllab-quvvatlaşga çaqirdilar.