O‘zLiDeP taşabbusi bilan mahallalarda işbilarmon ayollar e’tirof etilmoqda
Qarşi tumani Alişep Navoiy mahallasida bölib ötgan “Mahallaning işbilarmon ayoli” körik-tanlovi mahalladagi faol va taşabbuskor xotin-qizlarni birlaştirgan muhim loyihaga aylandi. O‘zLiDeP Qaşqadaryo viloyati “Ayollar qanoti” taşabbusi bilan taşkil etilgan tadbirda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Gulşana Xudoyarova iştirok etib, ayollar bandligini ta’minlaş va tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş davlat siyosatining ustuvor yönalişi ekanini alohida ta’kidladi. Tanlov iştirokçilari öz mehnati, izlanişi va ijtimoiy faolligi bilan boşqalarga namuna bölayotganini namoyon etdilar.
Ayniqsa, Lobar Rözimurodovaning yutuqlari alohida e’tirof etildi. U 2019 yilda 4 sotix yer maydonida tikuvçilik faoliyatini yölga qöyib, zamonaviy uskunalar asosida iş boşladi. Bugungi kunda u “Ayollar daftari”da röyxatda turgan işsiz xotin-qizlarni iş bilan ta’minlab, tikuvçilik sirlarini örgatib kelmoqda. Hozirda 15 nafar ayol doimiy iş örniga ega bölib, öz oilasi farovonligiga hissa qöşmoqda.
Tanlov yakunida Lobar Rözimurodova “Mahallaning işbilarmon ayoli” deb topilişi uning mehnati va ijtimoiy mas’uliyatiga berilgan munosib bahodir. Loyiha iştirokçilari esa öz yutuqlari, qat’iyati va taşabbuskorligi bilan mahallada ayollar iqtisodiy faolligini oşirişga katta hissa qöşmoqda. Bunday taşabbuslar nafaqat iştirokçilar, balki butun mahalla hayotida yangi imkoniyatlar va ilhom manbaiga aylanmoqda.